Iyul oyida qancha egizak tug‘ilgani aytildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPerinatalniy sentr
Perinatalniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p egizaklar Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. 2022 yilning iyul oyida O‘zbekistonda 1920 nafar egizak tug‘ilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, iyul oyida mamlakatda 79,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 1920 nafarini 2 va undan ortiq egizak tug‘ilganlar tashkil etgan.
Statqo‘mga ko‘ra, eng ko‘p egizaklar Samarqand (239 nafar), Farg‘ona (212 nafar) va Qashqadaryo (198 nafar) viloyatlarida tug‘ilgan.
Shuningdek,
Qoraqalpog‘istonda – 72 nafar;
Andijon viloyatida – 152 nafar;
Buxoro viloyatida – 104 nafar;
Jizzax viloyatida – 91 nafar;
Navoiy viloyatida – 71 nafar;
Namangan viloyatida – 180 nafar;
Surxondaryo viloyatida – 145 nafar;
Sirdaryo viloyatida – 36 nafar;
Toshkent viloyatida – 186 nafar;
Xorazm viloyatida – 77 nafar;
Toshkent shahrida – 157 nafar egizak dunyoga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasida yashovchi doimiy aholi soni 35 603,4 ming kishini tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0