Abu Muin Nasafiy ziyoratgohiga keluvchi sayyohlar soni oshdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAbu Muin Nasafiy maqbarasi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Qarshi shahridagi Abu Muin Nasafiy ziyoratgohi maxsus rekonstruksiya qilingan va o‘tgan yili oktabr oyida prezident tashrifida rasman ochilgan.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. OAV vakillari “Youth tourism in Kashkadarya-2022” doirasida Qarshi shahridagi Abu Muin Nasafiy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
Mazkur maskan maxsus rekonstruksiya qilingan va 2021-yilda oktabr oyida prezident tashrifida rasman ochilgan. Ziyoratgohda muzey tashkil etilgan. Unda Shahrisabzning tarixiy yodgorliklari saqlanadi.
© Sputnik
1/9
© Sputnik
© Sputnik
2/9
© Sputnik
© Sputnik
3/9
© Sputnik
© Sputnik
4/9
© Sputnik
© Sputnik
5/9
© Sputnik
© Sputnik
6/9
© Sputnik
© Sputnik
7/9
© Sputnik
© Sputnik
8/9
© Sputnik
© Sputnik
9/9
© Sputnik
1/9
© Sputnik
2/9
© Sputnik
3/9
© Sputnik
4/9
© Sputnik
5/9
© Sputnik
6/9
© Sputnik
7/9
© Sputnik
8/9
© Sputnik
9/9
© Sputnik
Hududdagi qadimiy Nasaf shahri bo‘lib, dunyo ilm-fan va madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan yetuk olim va allomalar yashagan. XV asrda yashab o‘tgan Ahmad ibn Mahmud Nasafiy umrini ilm olish va o‘rgatishga bag‘ishlagan.
“Nasafda ilm karvoni yo‘lga qo‘yilgan. Bu karvon Bag‘dod, Balx, Isfahon, Nishopur, Marv, Buxoro, Samarqand kabi qadim shaharlarni o‘zaro bog‘lagan. Dunyoning ko‘p mamlakatlaridan olim va savdogarlar tashrif buyurishgan”, - deydi ziyoratgoh ilmiy xodimi Eldor Jumaniyozov.
Jumladan, XVII asrda arab tili va nastaliq yozuvida yaratilgan Qur’oni Karim kitobining asl qo‘lozmasi saqlanadi.
Uni 1968-yili Nasafiy qabri devoridan topilgan. XV asrda qurilgan toshquduq bo‘lib, unda ichimlik suvi hali ham mavjud. Nasafiyning qabri maxsus gumbazli bino ichida joylashgan. Hozirda ziyorat uchun maqbara yasalgan.
“Asosan musulmon sayyohlar tashrif buyurishadi. Ularning soni oxirgi vaqtlar 2 barobar ko‘paydi. Mahalliy sayyohlar ham doim ziyoratga kelishadi va masjidda ibodat qilishadi”, - deydi ilmiy xodim Laziz Shodiyev.
Ziyoratgohda XI asrda o‘tqazilgan tut daraxtlari hali ham meva beradi.
© Sputnik
1/2
© Sputnik
© Sputnik
2/2
© Sputnik
1/2
© Sputnik
2/2
© Sputnik
“O‘tgan yili malayziyalik sayyohlar kelishib, qish faslida ziyorat qilishdi. Ular Nasafiy ta’limotini chuqur o‘rganishdi, olim qo‘lozmalari eski arab tilida bo‘lganligi uchun tarjimalar endi ko‘paymoqda va maktab darsliklariga kiritilyapti”,- deydi viloyat madaniy merosi boshqarmasi boshlig‘i Xislat Hotamov.