Yaponiya hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi

© AFP 2023 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Yangi vazirlar mahkamasi a’zolari Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan o‘tkaziladigan tasdiqlash marosimidan so‘ng o‘z lavozimlariga kirishadi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Yaponiya hukumati bosh kotibi Xirokadzu Matsuno bugun, 10-avgust kuni Tokioda mamlakat Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Shunday qilib, 2008-yildan 2009-yilgacha ushbu lavozimni egallagan Yasukadzu Hamada Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Sobiq Mudofaa vaziri Nobuo Kisi bosh vazirning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Hozirgacha koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha mas’ul bo‘lib kelgan va o‘tmishda Iqtisodiy rivojlanish vaziri lavozimida ishlagan Yasutosi Nisimura Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri, Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik uchun mas’ul vazir bo‘ldi.
Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi, Moliya vaziri Sun’iti Sudzuki, Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno va Iqtisodiy tiklanish vaziri Daysiro Yamagiva o‘z lavozimlarini saqlab qoladi. Davlat yerlari, transport, infratuzilma va turizm vaziri Tetsuo Sayto ham o‘z lavozimida qoladi.
Ta’kidlanishicha, bugun yangi vazirlar mahkamasi a’zolari Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan o‘tkaziladigan tasdiqlash marosimidan so‘ng o‘z lavozimlariga kirishadi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun, 10-avgust kuni Yaponiya hukumati butunlay iste’foga chiqdi. O‘zgartirishlar dastlab sentabr oyining boshida kutilgan edi, biroq Kisida “yangi kapitalizm” iqtisodiy konsepsiyasini targ‘ib qilishni jadallashtirish niyati, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarining ko‘tarilishi munosabati bilan chora ko‘rish zarurati, shuningdek, parlament majlisiga oldindan tayyorgarlik ko‘rish maqsadidabuni hozir amalga oshirishga qaror qildi.
Yangiliklar lentasi
0