https://oz.sputniknews.uz/20220810/yangi-oliy-sud-raisi-tayinlandi-27016124.html
Oliy sudga yangi rais saylandi
Oliy sudga yangi rais saylandi
Sputnik O‘zbekiston
Kozimjon Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan. 10.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-10T17:51+0500
2022-08-10T17:51+0500
2022-08-10T18:20+0500
siyosat
oliy sud
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27016192_0:1:3072:1729_1920x0_80_0_0_935e04c9e2f2422af48c0b1d3559fd71.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi etib saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.Majlisda senatorlar prezident kiritgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi taqdimnoma muhokama qilishdi.Ta’kidlanishicha, Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan. U mazkur lavozimga 2017-yilda tayinlangan edi. Joriy yil iyunida esa lavozimiga qayta saylangan edi.Senat majlisda bo‘lib o‘tgan muhokama natijasida uni O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.Shuningdek, majlisda prezident taqdim etgan mamlakat Oliy sudi raisligiga nomzod muhokama qilingan.Shuningdek, yalpi majlisda Konstitutsiyaviy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.Amaldagi Konstitutsiyaviy sud tarkibining qonun bilan belgilangan amal qilish muddati joriy yilning avgust oyida tugaydi. Shu munosabat bilan prezident tomonidan taqdim etilgan Konstitutsiyaviy sudning yangi tarkibi muhokama qilindi.Senatorlar ma’qullagan Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga nomzodlar yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi. Bunda yangi saylangan tarkib Konstitutsiyaviy sudning amaldagi tarkibi o‘z faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ishga kirishishi belgilandi.Baxtiyor Islomov muqaddam Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudya bo‘lgan, 2020-yil noyabrigacha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi bo‘lgan. U 2020-yil noyabrida prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Oradan bir yil o‘tib, Rustam Inoyatov o‘rniga prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27016192_244:0:2975:2048_1920x0_80_0_0_517baefc211fce096be27fb6b05764c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, oliy sud
Oliy sudga yangi rais saylandi
17:51 10.08.2022 (yangilandi: 18:20 10.08.2022) Kozimjon Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi etib saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisida
ma’lum qilindi. Majlisda senatorlar prezident kiritgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi taqdimnoma muhokama qilishdi.
Ta’kidlanishicha, Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan. U mazkur lavozimga 2017-yilda tayinlangan edi. Joriy yil iyunida esa lavozimiga
qayta saylangan edi.Senat majlisda bo‘lib o‘tgan muhokama natijasida uni O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Shuningdek, majlisda prezident taqdim etgan mamlakat Oliy sudi raisligiga nomzod muhokama qilingan.
"Muhokama yakunida senatorlar tomonidan sud tizimida hamda ma’muriy organlarda rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillar mobaynida ishlab kelgan Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi etib saylandi", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, yalpi majlisda Konstitutsiyaviy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
Amaldagi Konstitutsiyaviy sud tarkibining qonun bilan belgilangan amal qilish muddati joriy yilning avgust oyida tugaydi. Shu munosabat bilan prezident tomonidan
taqdim etilgan Konstitutsiyaviy sudning yangi tarkibi muhokama qilindi.
Senatorlar ma’qullagan Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga nomzodlar yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi. Bunda yangi saylangan tarkib Konstitutsiyaviy sudning amaldagi tarkibi o‘z faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ishga kirishishi belgilandi.
Baxtiyor Islomov muqaddam Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudya bo‘lgan, 2020-yil noyabrigacha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi bo‘lgan. U 2020-yil noyabrida prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Oradan bir yil o‘tib, Rustam Inoyatov o‘rniga prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi
lavozimida ish boshlagan edi.