https://oz.sputniknews.uz/20220810/toshkent-27010874.html
Toshkentda so‘nggi oylarda birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar arzonlashdi
Toshkentda so‘nggi oylarda birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar arzonlashdi
Sputnik O‘zbekiston
Uylarning yuqori narxi Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Mirzo-Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanalarida bo‘lsa, past narxlar Bektemir va Sergeli tumanlarida... 10.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-10T17:22+0500
2022-08-10T17:22+0500
2022-08-10T17:22+0500
iqtisod
uy
uy-joylar narxi
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/723/50/7235048_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_91c89770afb26088ae3586e979b59ba2.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda may oyidan beri birlamchi va ikkilamchi bozorda uylar narxi tushib kelmoqda. Bu haqida Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.Qayd etilishicha, 2021-yil avgustdan 2022-yil iyulgacha bo‘lgan davr uchun Toshkent shahrida uy-joy narxlari o‘zgarishi tahlil qilindi.Unga ko‘ra, Toshkentda ko‘chmas mulk bozorida oldi-sotdi shartnomalari soni shu yilning 7 oyi davomida salkam 49 mingtani tashkil etdi.Iyul oyida poytaxtda eski uylar narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 12%ga, yangi uylar esa 8.3%ga oshdi.Uylar narxi yuqori tumanlar:Uylar narxi past tumanlar:Aytilishicha, Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida uy-joyga bo‘lgan talab deyarli o‘zgarishsiz qolgan bir paytda narxlarning oshishi qurilish kompaniyalari va mulk egalarining inflyatsiya va so‘m almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari bilan izohlanishi mumkin.Ma’lumot uchun, mamlakatda yanvar-iyul oylarida 41,44 ming kishiga 7.6 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari berildi. Mazkur davrda jami ipoteka kreditlarining 30.5% (2.32 trln. so‘m) Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/723/50/7235048_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_bfbf2c16a3d4ac1366426fcf279bd46e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, uy, uy-joylar narxi , toshkent
iqtisod, uy, uy-joylar narxi , toshkent
Toshkentda so‘nggi oylarda birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar arzonlashdi
Uylarning yuqori narxi Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Mirzo-Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanalarida bo‘lsa, past narxlar Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatilmoqda.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda may oyidan beri birlamchi va ikkilamchi bozorda uylar narxi tushib kelmoqda. Bu haqida Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar
berdi. Qayd etilishicha, 2021-yil avgustdan 2022-yil iyulgacha bo‘lgan davr uchun Toshkent shahrida uy-joy narxlari o‘zgarishi tahlil qilindi.
Unga ko‘ra, Toshkentda ko‘chmas mulk bozorida oldi-sotdi shartnomalari soni shu yilning 7 oyi davomida salkam 49 mingtani tashkil etdi.
Iyul oyida poytaxtda eski uylar narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 12%ga, yangi uylar esa 8.3%ga oshdi.
May oyidan beri birlamchi bozorda ham (1 m.kv. uchun maydagi $943.6 dan iyulda $919.9 ga), ikkilamchi bozorda ham ($891.1 dan $882.6 ga) narxlar tushib kelmoqda.
Uylar narxi yuqori tumanlar:
Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Mirzo-Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanalari. (yangi uylar - 1 m.kv. $957.2, eski uylar - $888.3).
Uylar narxi past tumanlar:
Bektemir va Sergeli tumanlari.
Aytilishicha, Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida uy-joyga bo‘lgan talab deyarli o‘zgarishsiz qolgan bir paytda narxlarning oshishi qurilish kompaniyalari va mulk egalarining inflyatsiya va so‘m almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari bilan izohlanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, mamlakatda yanvar-iyul oylarida 41,44 ming kishiga 7.6 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari berildi. Mazkur davrda jami ipoteka kreditlarining 30.5% (2.32 trln. so‘m) Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.