Rossiyada 10 ming rubldan ortiq pul o‘tkazmalarini muzlatish taklif qilindi

© Sputnik / Vladimir TrefilovRubl
Rubl - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy bank 10 ming rubldan ortiq pul o‘tkazmalarini blokirovka qilishni taklif qildi - "Izvestiya".
Rossiya banki huzuridagi Moliyaviy xizmatlar iste’molchilari huquqlarini himoya qilish bshyicha ekspert kengashi vakillari firibgarlarga qarshi kurashish maqsadida 10 ming rubldan ortiq pul o‘tkazmalarini muzlatishni taklif qilishdi, deb xabar qildi “Izvestiya”.
Pul o‘tkazmasini blokirovkasini yechish uchun mijoz qo‘shimcha identifikatsiyadan o‘tishi yoki belgilangan PIN-kodni kiritishi kerak bo‘ladi. Xuddi shu narsa ba’zan ariza beruvchining roziligisiz beriladigan kreditlar olish uchun ham amal qilishi mumkin. Ekspertlar kengashi a’zolaridan biri, "Qarz oluvchilar huquqlari uchun" ONF loyiha menejeri Yevgeniya Lazarevaning so‘zlariga ko‘ra, bunday mexanizm bozorlar va reklama xizmatlarida o‘z samaradorligini ko‘rsatdi.
O‘z navbatida, Rossiya banklari assotsiauiyasi viue-prezidenti Aleksey Voylukov bunday qadam moliyaviy institutlarning o‘zi ham, mijozlari uchun ham qo‘shimcha xarajatlarga olib kelishini ta’kidladi. U 10 ming rubl pul o‘tkazmalari uchun keng tarqalgan summa ekanligini tushuntirdi. Ayni paytda, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida rossiyaliklar Tezkor to‘lov tizimi (SPB) orqali o‘rtacha 5,6 ming rubl yuborgan.
Yangiliklar lentasi
0