Qrim aerodromidagi portlashlar sababi e’lon qilindi

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVzrivi v rayone Novofedorovki v Krimu
Vzrivi v rayone Novofedorovki v Krimu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 13 kishi, jumladan, ikki bola shrapnel jarohatlari olgan.
TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Qrimdagi Saki aerodromidagi favqulodda holatning asosiy sababi yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi, deb ma’lum qildi RIA "Novosti"ga Rossiya harbiy boshqarmasidagi manba.
"Saki aerodromida bir nechta o‘q-dorilarning portlashiga asosiy sabab sifatida faqat yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi ko‘rib chiqilmoqda. Tashqi ta’sir ko‘rsatilgani haqida hech qanday alomatlar, dalillar va bundan tashqari, o‘q-dorilarga qasddan zarba berish faktlari yo‘q. Bu aniq" - dedi agentlik suhbatdoshi.
Seshanba kuni ertalab Qrimning Novofedorovka qishlog‘i yaqinida portlashlar sodir bo‘lgan edi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida aviatsiya o‘q-dorilarining portlashi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 13 kishi, jumladan, ikki bola shrapnel jarohatlari olgan.
Viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarur yordam ko‘rsatilgandan so‘ng olti nafar jabrlanuvchi uylariga jo‘natilgan. Viloyat rahbari maslahatchisi Oleg Kruchkovning so‘zlariga ko‘ra, aerodromga tutash uylardan 30 kishi evakuatsiya qilingan, ular pansionat va mehmonxonalarga joylashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0