OKMK o‘z mahsulotlarini yangi hamkor davlatlarga eksport qilishni boshladi

© AGMKAGMK
AGMK - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mahsulotlari 27 ta mamlakatga eksport qilinmoqda.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘z mahsulotlarini yana 12 ta davlatga eksport qilishni boshladi.
Kombinatning asosan mis mahsulotlari yangi bozorlarga - Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapurga eksport qilingan.
Xorijiy xaridorgirlarga asosiy mahsulot bo‘lgan mis mahsulotlari eksportida 45940 tonnalik natija qayd etilgan holda reja 113,4%ga uddalangan.
Kombinat 7 oy davomida xorijga quyidagi mahsulotlarni eksport qiligan:
Mis katodi-42815 tonna;
Mis quvurlari-3125 tonna;
Rux mahsulotlari-36055 tonna;
Kadmiy metalli-188 tonna;
Qo‘rg‘oshin konsentrati-15953 tonna;
Mis kuporosi-5234 tonna.
“Yanvar-iyul holatiga OKMK tomonidan 623 402 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan holda, reja 133,5%ga bajarildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, OKMK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0