Kiyev osmonidagi qora bulutlar: Zelenskiy o‘rniga boshqa odam qidirilyapti
22:02 10.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023)
© AFP 2023 / RONALDO SCHEMIDTVladimir Zelenskiy v Buche
© AFP 2023 / RONALDO SCHEMIDT
Obuna bo‘lish
Amnesty International (AI) dokladida Ukrainaning xalqaro huquqlarni buzganligi haqida faktlar faqat bitta jihatni isbotladi: G‘arbda barcha ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlayotgani yo‘q.
Prezident Vladimir Zelenskiy xalqaro huquq himoyachilarini Moskva manfaatlarini lobbilashtirishda aybladi. G‘arbda Ukraina siyosatini baholash qanday va nega u o‘zgarib bormoqda- batafsil RIA Novosti materialida.
Xalqaro meyorlar buzilishi
“Harbiy harakatlarni olib borishning ukraincha taktikasi tinch aholini xatarga qo‘yadi”- Amnesty International dokladidan kelib chiqqan yakuniy xulosa. Huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari o‘z pozitsiyalarini nafaqat tinch aholi yashaydigan joylarda, balki hududida ham, masalan, maktablar va shifoxonalarda qurollar joylashtirgan, saqlagan.
“Bunday taktika xalqaro insonparvarlik huquqlariga zid va aholi yashash obyektlarini harbiylar uchun nishonga aylantiradi... Biz ukrain qo‘shinlari aholi yashash punktlarida harakat qilishganda tinch aholiga xavf-xatarga qo‘yishgani isbotlovchi holatlarni aniqladik”, - deydi AI ning bosh kotibi Anyes Kallamar.
Tashkilot dalil tariqasida mahalliy aholi guvohliklari, sputnikdan olingan tasvirlar va foto-videotasvirlar keltirgan. “Ukraina kuchlari aholi yashash punktlaridan zarbalar berishgan, shuningdek, Ukrainaning 19 ta shahar va qishloqlarida odamlar turar-joylariga joylashib olishgan. Askarlar joylashgan shahar va qishloqlar front liniyasidan bir necha kilometr uzoqlikda bo‘lgan. Tinch aholi hayotini xavfga qo‘ymaydigan muqobil variantlar, masalan, harbiy bazalar, yoki yaqin atrofda joylashgan qalin o‘rmon yoki uzoqroq boshqa joylar bo‘lgan”,- deb xabar berishmoqda huquq himoyachilari. Va Ukraina Qurolli Kuchlarining aholini ehtimoliy zarbalardan qutqarish uchun qilgan harakatlari haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘qligini aholida ta’kidlab o‘tishgan.
Masalan, Ukraina armiyasi Nikoleva shahrida, Lisichanskda, Xarkovda xuddi shunday usulda harakat qilgan. U yerda UQK aholi turar-joylarida qurollar joylashtirgan va odamlarni evakuatsiya qilishmagan. Buning barchasi tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga olib kelgan.
“28 kuni Xarkov yaqinidagi shahar tibbiyot laboratoriyasining ikki xodimi ukrain qo‘shinlari laboratoriyada baza uyushtirganidan ikki kun o‘tib qattiq jarohat olishgan. Gospitallardan harbiy maqsadlarda foydalanish xalqaro insonparvarlik huquqlarining mutlaq buzilishi hisoblanadi”, - deydi AI.
Tashkilot xodimlari 29 ta maktabdan 22 tasida maktab binosidan harbiy pozitsiya sifatida foydalanayotgan askarlar yoki “harbiy harakatlarni bildiruvchi” isbotlar- o‘q- dori va armiya payoklarini topishgan.
Ukraina Mudofaa vaziri AI hisobotiga izoh berishni bosh tortdi. Biroq, Prezident devoni holatga munosabat bildirdi.
Keskin munosabat
Hisobot e’lon qilishining ilk natijasi- AI tashkilotining Ukrainadagi bo‘limi direktori Oksana Pokalchukning ishdan bo‘shatilganidir. Uning so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi daqiqalargacha Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi matnni bekor qilishlarini kutgan.
Keyin esa Vladimir Zelenskiy tashkilot hisobotini tanqid qilib chiqdi va huquq himoyachilarini Moskva tomonidan harakat qilish va Rossiyani “amnistiya qilishga urinish”da aybladi.
Rossiyaning AQShdagi elchixonasi esa AI tahlillarini aksincha, boshqacha qabul qildi va tadqiqotlar “Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi auditoriyaga to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam berishiga umid qilishini” bildirishdi.
Kiyevning keskin munosabati sabab huquq himoyachilari qo‘shimcha bayonot bilan chiqdi va “press-reliz tufayli kelib chiqqan xavotir va g‘azabdan afsusda” ekanliklarini ma’lum qilishdi. Biroq, hisobot matni saytdan o‘chirilmadi.
Kuchayib borayotgan tendensiya
AI ning ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan hisoboti boshqa bir mojaro fonida paydo bo‘ldi: Amerikaning CBS tekanali Ukrainaga yetkazib berilayotgan xorijiy qurollar haqida film suratga oldi. Unda 60% qurollar front liniyasiga qadar yetib bormayotgani, balki qora bozorda sotilayotgani aytilgan.
Amnesty Internationalning inqirozli vaziyatlar bo‘yicha katta maslahatchisi Donatella Rovera Iroq va Afg‘onistonni misol qilib keltirgan. U yerlarda vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida yuborilgan qurollar aksariyat hollarda terroristlar qo‘liga tushganini eslatgan.
U va CBS ning boshqa mutaxassislari Ukrainada qurollarning to‘g‘ri yetib borishini va buni g‘arb nazorat qiladigan monitoring mexanizmini yaratishni taklif qilishmoqda.
Bunday xulosalar siyosatchilar va oddiy o‘quvchilar o‘rtasida katta tanqidlarga sabab bo‘ldi. Norozilar mualliflarni Kiyevga yordam berishni oqlashga harakat qilishda ayblashdi. Shuningdek, Rossiya manfaatlari uchun xizmat qilishda ham.
Natijada filmni telekanal saytidan o‘chirishdi. Uning sujeti shunchaki qisqa hikoya qilingan shaklda bor.
Zelenskiyga signal
Amnesty Internationalrasman mustaqil tashkilot bo‘lsa-da, uning huqumat institutlari bilan aloqalari haqidan ko‘pdan beri ma’lum. Tashkilot AQSh davlat departamenti va boshqa organlar tomonidan moliyalashtiriladi. Agar biror mamlakatda tashkilot bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, aynan amerikalik diplomatlar birinchi bo‘lib AI ning tarafini olishadi. Shuning uchun Zelenskiyning huquq himoyachilari hisobotlariga bildirgan keskin munosabatini tushunsa bo‘ladi: unda prezident Vashingtonning aniq maqsadini anglab yetgan.
Ukraina ichida ham G‘arbning mamlakat prezidentiga boshqa ishonmayotgani haqida spekulyatsiyalar ortib bormoqda. Bu haqida nafaqat OAV dagi tanqidiy maqolalar, balki Kiyevga navbatdagi yordam paketining to‘xtab qolishi (masalan, Germaniya tomonidan) dalil bo‘ladi.
Bundan tashqari, “Minchenko konsalting” fondi prezidenti, siyosatshunos Yevgeniy Minchenkoning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning Zelenskiyga tikkan “stavka”si hamon dolzarb. Bu haqida unga qaratilgan tanqidlarga munosabatdan ham xulosa chiqarish mumkin. “Ukraina tomonining to‘g‘riligiga shubha tug‘diradigan barcha nuqtayi-nazarlarga bosim bor. Shu bois, Amnesty International tashkilotining uzrini ham, CBS filmining saytdan olib tashlanishi ham kuzatildi. AQSh uchun bu holat qulay- Vashingtonning tushunishi bo‘yicha, bularning bari Rossiyani zaiflashtirishga xizmat qiladi”.
Siyosiy axborot markazi bosh direktori Aleksey Muxinning ham ta’kidlashicha, “Zelenskiyning G‘arb tomonidan tushirib qo‘yilishi haqida gapirishga hali erta”. Ammo buni u bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi.
“Unda hali vaqt bor. Ammo uning osmonida qora bulutlar ko‘payotgani bor gap- deydi siyosatshunos. – Bulardan kelib chiqib G‘arb o‘zini oqlamagan vaziyatlardan manevr qilishga majbur bo‘ladi. Boshidan u yerda Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi muvaffaqiyatsiz va tez tugaydi deb o‘ylashgan. G‘arblik o‘yinchilardan qandaydir ma’naviy ustunlik bo‘lgan. Biroq, bunday bo‘lmadi. Endi esa ular aybdorlarni qidirishmoqda, baxtsiz holatning oldini olishmoqchi”.
Amnesty Internationalhisobotiga kelsak, Muxinning aytishicha, tashkilot rasman shaffoflik tamoyillariga amal qiladi. To‘g‘ri, “ular muntazam ravishda o‘zi doim tan olinadigan narsalarni tan olishadi. Hech bo‘lmasa, o‘zlariga betaraf kuzatuvchi maqomini saqlash uchun. Ammo buni shaffoflikka yo‘yib keyinroq mutlaqo tendensiyaviy dokladlar uchun qiladi. Shuning uchun bu vaziyatda surbetlik bor”.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, natijada eng so‘nggi aybdor baribir Ukraina prezidenti va uning doirasidagi bir qancha odamlar bo‘lishi mumkin. Ammo Rossiyaga nisbatan munosabatda bu hech narsani o‘zgartirmaydi. Zelenskiyning o‘rniga G‘arb yanada prinsipsiz, vaqtinchalik yana bir odamni qo‘yadi va qo‘llab – quvvatlashda davom etaveradi.