https://oz.sputniknews.uz/20220810/garb-butunlay-aqldan-ozgan--slovakiyalik-siyosatchi-27000663.html
G‘arb butunlay aqldan ozgan – slovakiyalik siyosatchi
G‘arb butunlay aqldan ozgan – slovakiyalik siyosatchi
Sputnik O‘zbekiston
Slovakiyaning sobiq bosh vaziri G‘arbni Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli aqldan ozganlikda aybladi. 10.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-10T14:18+0500
2022-08-10T14:18+0500
2023-04-05T18:38+0500
dunyoda
slovakiya
ukraina
g‘arb
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27000473_0:83:1307:818_1920x0_80_0_0_2309da8730540c774cb7d3037dea52b2.png
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiyaga qarshi sanksiyalar samara bermayapti va Slovakiya kabi davlatlarga zarar yetkazmoqda, dedi mamlakatning sobiq bosh vaziri, Slovakiya parlament muxolifati va Kurs sotsial-demokratiya partiyasi yetakchisi Robert Fiko. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.Slovakiyalik siyosatchi Rossiya neftining “Drujba” neft quvuri orqali tranzitini to‘xtatilishini sanksiyalar samarasizligiga misol qilib ko‘rsatdi.Fikoning aniqlik kiritishicha, Rossiya neft tranziti uchun avgust oyiga to‘lovlarni iyul oyida amalga oshirgan, biroq Kiyev G‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalarini bahona qilib, to‘lovlarni qabul qilmagan.Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiya bosimini kuchaytirdi. Shunday qilib, Yevropa Ittifoqi allaqachon yettita cheklovchi chora-tadbirlar paketini, shu jumladan ko‘mir va neftga embargoni qabul qildi.Vladimir Putinning fikricha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Shunga qaramay, prezidentning ishonchi komilki, hozirgi voqealar G‘arbning ham siyosatdagi, ham iqtisodiyotdagi global hukmronligi ostidan chiziq tortadi.
slovakiya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27000473_54:0:1254:900_1920x0_80_0_0_e4ef3d0fb4615bcba2f2fa4f290028d0.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, slovakiya, ukraina, g‘arb, rossiya
dunyoda, slovakiya, ukraina, g‘arb, rossiya
G‘arb butunlay aqldan ozgan – slovakiyalik siyosatchi
14:18 10.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Slovakiyaning sobiq bosh vaziri G‘arbni Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli aqldan ozganlikda aybladi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiyaga qarshi sanksiyalar samara bermayapti va Slovakiya kabi davlatlarga zarar yetkazmoqda, dedi mamlakatning sobiq bosh vaziri, Slovakiya parlament muxolifati va Kurs sotsial-demokratiya partiyasi yetakchisi Robert Fiko. Uning so‘zlaridan
RIA Novosti iqtibos keltirdi.
“Sanksiyalar ishlamaydi. Eng muhimi, ular Slovakiya kabi davlatlarga zarar yetkazadi. G‘arb butunlay aqldan ozgan”, - deydi Fiko.
Slovakiyalik siyosatchi Rossiya neftining “Drujba” neft quvuri orqali tranzitini to‘xtatilishini sanksiyalar samarasizligiga misol qilib ko‘rsatdi.
“Rossiya emas, balki Ukraina neft quvurining janubiy tarmog‘i orqali Markaziy Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatdi”, - dedi sobiq bosh vazir.
Fikoning aniqlik kiritishicha, Rossiya neft tranziti uchun avgust oyiga to‘lovlarni iyul oyida amalga oshirgan, biroq Kiyev G‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalarini bahona qilib, to‘lovlarni qabul qilmagan.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiya bosimini kuchaytirdi. Shunday qilib, Yevropa Ittifoqi allaqachon yettita cheklovchi chora-tadbirlar paketini, shu jumladan ko‘mir va neftga embargoni qabul qildi.
Vladimir Putinning fikricha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Shunga qaramay, prezidentning ishonchi komilki, hozirgi voqealar G‘arbning ham siyosatdagi, ham iqtisodiyotdagi global hukmronligi ostidan chiziq tortadi.