Bu yil “yulduzlar yomg‘iri”ni kuzatish mumkinmi?

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishZvezdnoe nebo, nablyudayemoe v Krasnodarskom krae vo vremya meteornogo potoka Perseidi
Zvezdnoe nebo, nablyudayemoe v Krasnodarskom krae vo vremya meteornogo potoka Perseidi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Osmonda ochiq ob-havo sharoitida soatiga 110 meteorit yoki daqiqada bir-ikki meteorit uchayotganini ko‘rish mumkin.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Bu yil 12-avgust kuni “Yulduzlar yomg‘iri” o‘z cho‘qqisiga chiqadi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Aytilishicha, osmonda ochiq ob-havo sharoitida soatiga 110 meteorit yoki daqiqada bir-ikki meteorit uchayotganini ko‘rish mumkin. Ularni qulay ob-havo sharoiti va yorug‘lik kam joylarda kuzatish mumkin. Ammo, bu yil perseidlarni kuzatish uchun noqulay sharoit yuzaga kelmoqda.
“Bu yilgi meteor yomg‘iri vaqtida Oy juda yorqin bo‘lganligi sababli ularning bir qismini oddiy ko‘z bilan ilg‘amaslik ehtimoli bor. Ammo, Osmon sferasining Oydan uzoqroq bo‘lgan qismlarida ularni bemalol tomosha qilsa bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “yulduzlar yomg‘iri” Yer 109P/Swift-Tuttle kometasi tomonidan chiqarilgan chang zarralari to‘plamidan o‘tayotganda hosil bo‘ladi. Ular yer atmosferasida yonib, yorqin chiziqlar hosil qiladi.
Persey yulduz turkumidagi meteor yomg‘iri harakatini 1-sentabrgacha kuzatish mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0