https://oz.sputniknews.uz/20220810/bayden-finlyandiya-va-shvetsiyaning-natoga-qoshilishi-togrisidagi-protokollarni-imzoladi-26987002.html
Bayden Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi
Bayden Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Ispaniya, Gretsiya, Portugaliya, Slovakiya, Turkiya, Chexiya va Vengriya bu ikki davlata arizalarini hozircha ratifikatsiya qilmagan. 10.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-10T10:46+0500
2022-08-10T10:46+0500
2022-08-10T13:51+0500
dunyoda
jo bayden
nato
finlyandiya
shvetsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/26998931_0:191:2961:1857_1920x0_80_0_0_ec0692fafaa00592b32ae022b3635435.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokollarni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Imzolash marosimi Oq uyda bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbaridan tashqari vitse-prezident Kamala Xarris ham ishtirok etdi.9 avgust holatiga ko‘ra, Ispaniya, Gretsiya, Portugaliya, Slovakiya, Turkiya, Chexiya va Vengriya arizani ratifikatsiya qilmagan.18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya NATO kotibiyatiga alyansga kirish uchun ariza topshirdi. Anqara dastlab ularni ko‘rib chiqish jarayoni boshlanishiga to‘sqinlik qildi, biroq 29-iyun kuni Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya Turkiya rasmiylarining barcha xavotirlarini inobatga olgan xavfsizlik memorandumini imzoladi.Avvalroq Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin Finlyandiya va Shvetsiya hududiga NATO bazalarini joylashtirish bu mamlakatlarni himoya qilmasligi, aksincha, harbiy infratuzilma joylashgan shaharlar aholisining hayotini xavf ostiga qo‘yishini aytgan edi.Rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qilgan. Xususan, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishini bildirgan.
finlyandiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/26998931_115:0:2846:2048_1920x0_80_0_0_eeb468ab94b5effc30d0d5127ded4042.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jo bayden, nato, finlyandiya, shvetsiya
dunyoda, jo bayden, nato, finlyandiya, shvetsiya
Bayden Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi
10:46 10.08.2022 (yangilandi: 13:51 10.08.2022) Ispaniya, Gretsiya, Portugaliya, Slovakiya, Turkiya, Chexiya va Vengriya bu ikki davlata arizalarini hozircha ratifikatsiya qilmagan.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokollarni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi. Imzolash marosimi Oq uyda bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbaridan tashqari vitse-prezident Kamala Xarris ham ishtirok etdi.
“Men qolgan ittifoqchilarni o‘zlarining ratifikatsiya tartiblarini imkon qadar tezroq yakunlashga chaqiraman. Shvetsiya va Finlyandiyada kuchli demokratik institutlar, kuchli armiyalar, kuchli va shaffof iqtisodiyot mavjud. Ular NATOga a’zo bo‘lish uchun barcha mezonlarga javob beradi. Bizning bunga ishonchimiz komil. Ular bu jarayonda amerikaliklarning xavfsizligini oshiruvchi ittifoqni mustahkamlaydi”, dedi Oq uy rahbari.
9 avgust holatiga ko‘ra, Ispaniya, Gretsiya, Portugaliya, Slovakiya, Turkiya, Chexiya va Vengriya arizani ratifikatsiya qilmagan.
18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya NATO kotibiyatiga alyansga kirish uchun ariza topshirdi. Anqara dastlab ularni ko‘rib chiqish jarayoni boshlanishiga to‘sqinlik qildi, biroq 29-iyun kuni Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya Turkiya rasmiylarining barcha xavotirlarini inobatga olgan xavfsizlik memorandumini imzoladi.
Avvalroq Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin Finlyandiya va Shvetsiya hududiga NATO bazalarini joylashtirish bu mamlakatlarni himoya qilmasligi, aksincha, harbiy infratuzilma joylashgan shaharlar aholisining hayotini xavf ostiga
qo‘yishini aytgan edi.Rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qilgan. Xususan, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishini bildirgan.