“Yoshlar turizmi” xalqaro qurultoyi qanday o‘tmoqda - foto

© Sputnik . Dilislom OtabekovV Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet "Molodejniy turizm"
V Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “Youth tourism in Kashkadarya-2022” xalqaro qurultoyi bugundan rasman start oldi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Bugun Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Shahrisabz shahridagi “Lochin” lagerida “Eng namunali guruh” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
© Sputnik . Dilislom OtabekovV Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet "Molodejniy turizm"
V Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
V Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet "Molodejniy turizm"
Unda O‘zbekistonning turli viloyat hududlaridan kelgan 700 nafar yoshlar mahalliy turizm salohiyatini sahnada ko‘rsatib berishdi. Ular orasida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron yoshlar ham mavjud.
© Sputnik . Dilislom OtabekovV Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet "Molodejniy turizm"
V Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
V Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet "Molodejniy turizm"
Mega shou-tomoshalar, teatr va intermedia ko‘rinishlari, jonli ijrolar, hazil-mutoyiba va turli kompozitsiyalar taqdim etildi.

“Turli viloyatdagi yoshlarning chiqishlari bizga ma’qul keldi. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati, Andijon, Farg‘ona kabi hududlarning yoshlari sahnada o‘z milliy urf-odatlarni yorqin namoyon etishdi. Yoshlarimizning madaniy merosga oid bilimlari, tadbir doirasida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashi hay’at a’zolarini juda quvontirdi”, dedi Turizm va madaniy meros vaziri axborot siyosati masalalari maslahatchisi Lola Rahmonboyeva.

Shuningdek, bugungi “Turizm spartakiadasi” sport musobaqasida yigitlar o‘rtasida lager bo‘ylab yugurish estafetasi ham tashkil etildi.
© Sputnik . Dilislom OtabekovV Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet "Molodejniy turizm"
V Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
V Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet "Molodejniy turizm"
“Yurtimizda turizm sohasiga qiziquvchi yoshlar ko‘p ekan. Tadbirlar davomida shunga amin bo‘ldik. O‘ylaymanki, kelgusida O‘zbekistonning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishda iste’dodli va bilimli yoshlarning tajribasi albatta kerak bo‘ladi”, dedi vazirlik axborot xizmati xodimi Nizomjon Islomov.
“Yoshlar turizmi” qurultoyiga katta tayyorgarlik ko‘rdik. Bu katta tadbir yoshlarga motivatsiya berish bilan birga, o‘zaro tanishtiradi. O‘zbekistonda mana shunday tadbirlarning ko‘payishi bu yoshlarning butun dunyo sahnasiga sekin asta ko‘tarilishiga pillapoya bo‘lib xizmat qiladi”, - deydi qoraqalpog‘istonlik ishtirokchi Damir O‘razbayev.
© Sputnik . Dilislom OtabekovV Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet "Molodejniy turizm"
V Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet Molodejniy turizm - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
V Kashkadarinskoy oblasti proxodit mejdunarodniy slet "Molodejniy turizm"
Qurultoyning rasmiy ochilish marosimi va boshqa tadbirlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan ham iqtidorli yoshlar ishtirok etishadi. O‘zbekistonlik yoshlar bilan o‘zaro muloqotlar, turli estofeta va tanlovlar o‘tkaziladi va tadbirning yakuniy qismida g‘oliblar munosib taqdirlanadi.
Kecha boshlangan “Youth tourism in Kashkadarya-2022” xalqaro qurultoyi 12-avgustga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0