Yagona maktab formasi qanday bo‘ladi?

Obuna bo‘lish
Yagona maktab formasiga oid talablar e’lon qilingan bo‘lsa-da, hozircha u majburiy bo‘lmaydi — Xalq ta’limi vazirligi.
O‘zbekiston Xalq ta’limi vzairligi yagona maktab formasiga oid talablarni e’lon qilgan edi.
Unda o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktab formasining uzunligi, uning matosi tarkibi va boshqa talablar beligilangan.
Xalq ta’limi vazirligi ta’kidlashiga ko‘ra, yagona maktab formasiga o‘tish 2025-yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, o‘quvchi qizlarga maktabga ochiq rangdagi milliy ro‘molni boshning orqa tomonidan o‘rab kelishlari man etilmaydi.
Ota-onalarga yangi o‘quv yili boshidan yagona formani xarid qilishiga majburiy talab qo‘yilmaydi va maktabga yagona formada kelmagan o‘quvchilarga nisbatan hech qanday e’tirozlar bildirilmaydi.
Undan tashqari, maktab formasini aynan biror tadbirkordan/korxonadan xarid qilish bo‘yicha majburiyat qo‘yilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0