Vadim Abramov “Dinamo” bosh murabbiyi bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavniy trener sbornoy Uzbekistana Vadim Abramov
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Samarqandliklar O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi qo‘li ostida chempionlik uchun kurashishadi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Vadim Abramov Samarqandaning “Dinamo” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rahbariyati va jamoa a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, jamoaning Superligadagi qoniqarsiz natijalari sababli Andrey Shipilov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqarilgan.
Rahbariyat O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov uning o‘rnini egallanini ma’lum qildi va uni futbolchilarga rasman tanishtirdi.

Ma’lumot uchun, 60 yoshli mutaxassis hozirga qadar "Traktor", "Lokomotiv", "Neftchi", "Bunyodkor" klublari, O‘zbekiston olimpiya va milliy jamoasida faoliyat yuritgan. Abramov 2010-2012 va 2019-2021 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0