https://oz.sputniknews.uz/20220809/uch-viloyat-ekologiya-boshqarmalari-boshliqlari-ishdan-olindi-26961037.html
Uch viloyat ekologiya boshqarmalari boshliqlari ishdan olindi
Uch viloyat ekologiya boshqarmalari boshliqlari ishdan olindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi. 09.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-09T12:44+0500
2022-08-09T12:44+0500
2022-08-09T12:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/527/93/5279368_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_220ee6357b524e49c70186bfea189b8f.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, navbatdagi yig‘ilishda 2022-yilning o‘tgan davr mobaynida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rib chiqilgan. Ijobiy natijalar e’tirof etilib, kamchiliklar tanqid qilingan.Yig‘ilishda ekologiya sohasiga oid qonunlar va prezident farmon va qarorlari ijrosining bajarilishi hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va mamlakatda chiqindi sohasida qilinayotgan ishlarning bajarilish kabi masalalar muhokama qilingan.Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining uch nafar mas’ul xodimlariga, "Yashil makon" umummilliy loyihasiga bevosita mas’ul bo‘lgan uch nafar hududiy boshqarma boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlariga va chiqindi sohasini boshqarishga mas’ul bo‘lgan hududiy boshqarma boshliqlarining ikkinchi o‘rinbosarlariga hayfsan intizomiy choralari qo‘llanilgan.Chilonzorda shikastlangan daraxtlarni saqlab qolish ehtimoli past - Davlat ekologiya qo‘mitasi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/527/93/5279368_166:0:1066:675_1920x0_80_0_0_f259c61056bd4041c89ceb55efccaf75.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
jamiyat, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Uch viloyat ekologiya boshqarmalari boshliqlari ishdan olindi
O‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Qayd etilishicha, navbatdagi yig‘ilishda 2022-yilning o‘tgan davr mobaynida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rib chiqilgan. Ijobiy natijalar e’tirof etilib, kamchiliklar tanqid qilingan.
Yig‘ilishda ekologiya sohasiga oid qonunlar va prezident farmon va qarorlari ijrosining bajarilishi hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va mamlakatda chiqindi sohasida qilinayotgan ishlarning bajarilish kabi masalalar muhokama qilingan.
“Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining uch nafar mas’ul xodimlariga, "Yashil makon" umummilliy loyihasiga bevosita mas’ul bo‘lgan uch nafar hududiy boshqarma boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlariga va chiqindi sohasini boshqarishga mas’ul bo‘lgan hududiy boshqarma boshliqlarining ikkinchi o‘rinbosarlariga hayfsan intizomiy choralari qo‘llanilgan.