Sergelida vaqtincha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi

© pexels.com/Nithin PAKrupnim planom foto kapli vodi
Krupnim planom foto kapli vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
10-11 avgust kunlari Sergelidagi ichimlik suvi to‘xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan hududlar ma’lum qilindi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanining ko‘plab hududlarida 10-avgust kunidan 11-avgustga qadar ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi. Yangihayot tumanida esa ichimlik suvi bosimi pasayadi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab TXAYdan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yer usti metrosi qurilish jarayonida D-1000 mm tarmoqlarni ko‘chirish uchun 10-avgust kuni soat 10:00 dan 11-avgust kuni soat 22:00 gacha suvni o‘chirish jarayonida ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi va suv bosimi pasayadi.
Ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan hududlar ro‘yxati:
“Ziyokor”, “Nomdanak”, “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonobod”, “Qushbegi", "Xonobodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo bo‘yi”, “Fayzli”, “Jaloir” va “Qipchoq” mahallalarida ichimlik suvi to‘xtatiladi.
Ichimlik suv bosimi pasayadigan joylar:
“Sug‘diyona”, “Sofdil”
Yangihayot tumanida ichimlik suvi bosimi pasayadigan joylar:
“Qipchoq”, “Yo‘ldosh”, “Al-Farg‘oniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Do‘stlik”, “Chortoq”, “Charag‘on” mahallalari va tumandagi Tug‘ruqxona, Poliklinika №37, KVD, O‘likxona, Yangihayot tuman hokimiyati, Doka xleb, "Toshkent" mahallasi, Metal zavod, 12-avtopark, KNS, “Greyen park” va xususiy bog‘cha “Evrika” hududida ichimlik suvi bosimi pasayadi.
Xabarga ko‘ra, ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikada ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0