Qrimdagi harbiy aerodrom yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

© Sputnik / Anna Sadovnikova / Mediabankka o‘tishSituatsiya v gorodax Rossii v svazi s koronavirusom
Situatsiya v gorodax Rossii v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Qrimda Novofedorovka yaqinida bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Qrimning g‘arbiy qirg‘og‘ida bir necha portlash sodir bo‘ldi, deb ma’lum qildi respublika rahbari maslahatchisi Oleg Kruchkov.
Viloyat rahbari Sergey Aksenov voqea joyiga jo‘nab ketdi.
Novofedorovka hududida harbiy qism va harbiy ayerodrom mavjud.
Ijtimoiy tarmoqlarda tutun ko‘tarilgan surat va videolar tarqaldi. Dam oluvchilar ham RIA Novostiga portlashlar faktini tasdiqlashdi.
"Birinchi portlash juda kuchli bo‘ldi. <...> Bizning ovqatxonamizdagi ramalar qulab tushdi. Keyin bizni yerto‘laga olib ketishdi va u yerdan portlash ovozlarini eshitdik", dedi agentlikka voqea guvohlaridan biri.
Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qrimda sayyohlar orasida hech kim jabrlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0