Qashqadaryoda astroturizmni rivojlantirish rejalashtirilmoqda

© AP Photo / Anupam NathLyudi nablyudayut za superluniyem v Guvaxati, Indiya
Lyudi nablyudayut za superluniyem v Guvaxati, Indiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Kitob tumanida MDH mamlakatlari orasida yagona bo‘lgan astronomik observatoriya bor. Kelgusida u yerda astropark bunyod etish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. “Yoshlar turizmi” qurultoyiga tashrif buyurgan OAV vakillari MDH davlatlari orasidagi yagona bo‘lgan Kitob shahridagi “Kitob kenglik stansiyasi” nomli observatoriyaga tashrif buyurishdi.
Qashqadaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mutaxassisi Shohrux Jalolovning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda asosan muzey sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Observatoriyada 1927, 1957 va 1975-yillar keltirilgan 3 ta teleskop saqlanadi. Shuningdek, astronomiyaga oid film va videoroliklarni tomosha qiladigan maxsus 3D kinoteatr ham faoliyat yuritadi.
Geografiya xaritada faqatgina Kitob tumani O‘zbekiston hududida Xalqaro parallel 39 gradus 08 minut o‘lchamda o‘tuvchi yagona aholi yashaydigan joy hisoblanadi. Shuning uchun bu hududda observatoriya qurilgan.
“Bu yerga asosan astronomiya faniga qiziqadigan sayyohlar keladi. Teleskoplar galaktikani ko‘rsatadi. Hozirda zamonaviy sun’iy yo‘ldoshlar rivojlangani uchun bu teleskoplar amaliyotda ishlatilmayapti. Biroq ular ilmiy tadqiqotlarda juda kerak bo‘ladi. Kelgusida hududni yanada rivojlantirib astropark bunyod etish niyatimiz bor”, - dedi Jalolov.
OAV vakillari observatoriyadagi katta teleskop orqali oy va saturn sayyorasini tomosha qilishdi.
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Sputnik
Observatoriya v Kitabe - Sputnik O‘zbekiston
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
“Teleskopning bittasi mediastansiyada turib havoning bosimini o‘lchash, shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlash, temperatura va iqlim o‘zgarishlarini kuzatish vazifasini bajargan. Observatoriyada mayatnik soat ham joylashgan, u yulduzlar vaqtini ko‘rsatadi va shu asosda ishlaydi”, - deydi katta laborant O‘ktam Hafizov.
Teleskoplar yerdagi tektonik jarayonlar, yer sayyorasiga xavf solayotgan jismlarni aniqlash va koinotdagi chiqindilar sonini aniqlash va harakatini kuzatish kabi muhim vazifalarni ham bajargan.
Mutaxassisning aytishicha, Mirzo Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi o‘z davrida mayatnik yulduzlar soatini ishlatish, astronomik observatoriyani qurish va koinot jismlari harakatlarini kuzatish uchun Qashqadaryo hududlarida yashab, faoliyat olib borgan.
© SputnikMayatnikovie chasi
Mayatnikovie chasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Mayatnikovie chasi
“Kitob kenglik stansiyasi” observatoriyasida 500 mingdan ortiq yulduzlar katalogi tuzilgan. Hozirda bu astronomik katalog Toshkentda Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutida saqlanadi.
Teleskoplar yordamida “Galiley xaritasi” tushirilgan. Hozirda jahon olimlari ushbu xaritadan ilmiy tadqiqotlar ishida foydalanishadi.
“Bunday observatoriya MDH mamlakatlarida yo‘q, faqat O‘zbekistonda bor. Biroq hozirda astronomiya sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, ayniqsa yoshlar juda kam. Ularni ko‘paytirish kerak. Astropark bunyod etilsa, astroturizm rivojlanadi, ya’ni xorijiy sayyohlar ko‘payadi, bu moddiy mablag‘ tushishiga va ilm rivojlanishiga ham turtki beradi”, - deydi Hafizov.
Kitob shahrida Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan 2 ta turistik hudud tashkil etilmoqda. Bular astropark va geopark. Kelgusida sayyohlar ushbu parklarga tashrifi davomida yer ustiga (koinotga) va yer ostiga sayohat qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0