https://oz.sputniknews.uz/20220809/prezident-chilonzor-tumani-hokimi-va-prokurorini-ishdan-boshatdi-26953516.html
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani hokimi va prokurorini ishdan bo‘shatdi
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani hokimi va prokurorini ishdan bo‘shatdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga qattiq hayfsan berdi. 09.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-09T10:05+0500
2022-08-09T10:05+0500
2022-08-09T10:05+0500
jamiyat
jahongir ortiqxo‘jayev
toshkent
prezident
hayfsan
ishdan ketdi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/09/26952581_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_bb4f573aefd0312a32e9f37565c55818.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi va prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.Qayd etilishicha, kecha, 8-avgust kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligida selektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda 7-avgust kuni Toshkent shahrida ro‘y bergan va aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan daraxtlarning nobud qilinishi masalasi qattiq tanqid ostiga olingan.Shuningdek, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hamda prokurori Ulug‘bek Qosimovga qattiq hayfsan berilgan.Ma’lumot uchun, Toshkentning Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 7 dona eman daraxtining tomir qismiga shikast yetkazilgan. Ushbu holatda zudlik bilan choralar ko‘rilmasa, shikast yetkazilgan daraxtlar qurishi oqibatida tabiat va atrof muhitga 348,9 mln so‘m zarar yetishi mumkin.Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/09/26952581_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_8c0c3b4b5b6224f5163b6546ffc3a925.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jahongir ortiqxo‘jayev , toshkent, prezident, hayfsan, ishdan ketdi
jamiyat, jahongir ortiqxo‘jayev , toshkent, prezident, hayfsan, ishdan ketdi
Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani hokimi va prokurorini ishdan bo‘shatdi
Prezident mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga qattiq hayfsan berdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi va prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, kecha, 8-avgust kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligida selektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda 7-avgust kuni Toshkent shahrida ro‘y bergan va aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan daraxtlarning nobud qilinishi masalasi qattiq tanqid ostiga olingan.
Prezident topshirig‘iga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov va prokurori Izzat Bozorov lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hamda prokurori Ulug‘bek Qosimovga qattiq hayfsan berilgan.
Ma’lumot uchun, Toshkentning Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 7 dona eman daraxtining tomir qismiga shikast yetkazilgan. Ushbu holatda zudlik bilan choralar ko‘rilmasa, shikast yetkazilgan daraxtlar qurishi oqibatida tabiat va atrof muhitga 348,9 mln so‘m zarar yetishi mumkin.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovga
ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.