O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Do‘stlik” punkti vaqtincha yopiladi

© Andijon viloyati hokimligi O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Do‘stlik” punkti vaqtincha yopiladi
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Do‘stlik” punkti vaqtincha yopiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Chegara bojxona postida ertaga soat 08:00 dan 12:00 ga qadar fuqarolar va transport vositalari uchun xarakat to‘xtatiladi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari xarakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, ertaga soat 08:00 dan 12:00 ga qadar “Do‘stlik” chegara bojxona posti vaqtincha yopiladi.
Bunga Qirg‘izistonning “Dostuk” chegara o‘tkazish punktida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotganligi sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki mamlakat o‘rtasida qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayonini tartibga soluvchi huquqiy va texnik hujjatlar loyihalari tayyorlanib, protokol imzolangandi.
Yangiliklar lentasi
0