https://oz.sputniknews.uz/20220809/davlat-xizmatchilariga-qator-talablar-qoyildi---tafsilotlar-26957954.html
Davlat xizmatchilariga qator talablar qo‘yildi - tafsilotlar
Davlat xizmatchilariga qator talablar qo‘yildi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat xizmatchilariga xorijda hisob ochish, ko‘chmas mulk olish taqiqlandi. 09.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-09T11:45+0500
2022-08-09T11:45+0500
2022-08-09T11:45+0500
yangi qonun
prezident
davlat
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/95/11189536_0:0:963:541_1920x0_80_0_0_22daab56a57c67f7ff976066d62e22b2.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ularning muassisi bo‘lishi, O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko‘chmas mulk olishi taqiqlandi. Bu haqda 8-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik hizmatini o‘tash tartibi, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi.Davlat fuqarolik xizmatini o‘tashda mazkur qonun bilan tartibga solinmagan munosabatlarga Mehnat kodeksi qo‘llaniladi.Davlat xizmatchisi o‘z rahbarining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish, korrupsiya haqida xabar berganda davlat himoyasida bo‘lish huquqiga ega.Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ularning muassisi bo‘lishi, O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko‘chmas mulk olishi taqiqlanadi.Davlat xizmatiga davlat tilini biladigan, tegishli malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.Davlat xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi va haftasiga 40 soatdan oshmaydigan ish davomiyligi belgilanadi.Davlat xizmatchilariga haq to‘lash quyidagilardan iborat:Davlat xizmatchilariga hayfsan, jarima, ishdan bo‘shatish bilan bir qatorda malaka darajasini pasaytirish va lavozimini pasaytirish tarzidagi intizomiy jazolar ham qo‘llaniladi. Ulariga 27 kundan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’til beriladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/95/11189536_90:0:811:541_1920x0_80_0_0_b8bdb8bb672737c11ad491544da3f1ba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi qonun, prezident, davlat, siyosat
yangi qonun, prezident, davlat, siyosat
Davlat xizmatchilariga qator talablar qo‘yildi - tafsilotlar
O‘zbekistonda davlat xizmatchilariga xorijda hisob ochish, ko‘chmas mulk olish taqiqlandi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ularning muassisi bo‘lishi, O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko‘chmas mulk olishi taqiqlandi. Bu haqda 8-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda
belgilangan.
Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik hizmatini o‘tash tartibi, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi.
Davlat fuqarolik xizmatini o‘tashda mazkur qonun bilan tartibga solinmagan munosabatlarga Mehnat kodeksi qo‘llaniladi.
Davlat xizmatchisi o‘z rahbarining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish, korrupsiya haqida xabar berganda davlat himoyasida bo‘lish huquqiga ega.
Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ularning muassisi bo‘lishi, O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko‘chmas mulk olishi taqiqlanadi.
Davlat xizmachisi daromadlari va mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya berishi kerak. Prezident tomonidan tasdiqlanadigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining reyestri Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan yuritiladi.
Davlat xizmatiga davlat tilini biladigan, tegishli malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Davlat xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi va haftasiga 40 soatdan oshmaydigan ish davomiyligi belgilanadi.
Davlat xizmatchilariga haq to‘lash quyidagilardan iborat:
ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shimcha to‘lov;
malaka darajasi uchun qo‘shimcha to‘lov;
eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarga erishganlik uchun ustama;
hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi to‘lovlar.
Davlat xizmatchilariga hayfsan, jarima, ishdan bo‘shatish bilan bir qatorda malaka darajasini pasaytirish va lavozimini pasaytirish tarzidagi intizomiy jazolar ham qo‘llaniladi. Ulariga 27 kundan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’til beriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.