ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

“ArMI-2022” o‘yinlariga tayyorgarlik boshlandi

© Press-sentr Armeyskix mejdunarodnix igrKomanda Uzbekistana na konkurse "Desantniy vzvod" na ArMI-2021
Komanda Uzbekistana na konkurse Desantniy vzvod na ArMI-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Olti davlatdan kimoviy razvedka ekipajlari Samarqanddagi “Sazagan” poligoniga yetib borgan.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “ArMI-2022” “Xavfsiz muhit” xalqaro armiya o‘yinlari musobaqasiga jamoalarni tayyorlash boshlandi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti davlatdan kimoviy razvedka ekipajlari allaqachon Samarqanddagi “Sazagan” poligoniga yetib borgan.

“Musobaqada Rossiya, Xitoy, Belarus, Vyetnam, Eron va O‘zbekiston Qurolli kuchlari jamoalari ishtirok etadi”, - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Shuningdek, dushanba kuni “Sazagan” poligonida yig‘ilish bo‘lib o‘tgani, unda mamlakatlar qur’a tashlash va mashg‘ulotlar jadvallarini tasdiqlagani ma’lum bo‘ldi.
Musobaqalar uch bosqichdan iborat: “Individual poyga”, “Olovga tayyorgarlik” va “Estafeta”. Ulardan o‘tib, ekipajlar maxsus tayyorgarlik va radiatsiya, kimoviy va biologik himoya sohasida 20 dan ortiq normativlarni bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida ilk bor “ArMI-2022” Xalqaro armiya o‘yinlarining beshta yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.
Xalqaro armiya o‘yinlari hammasi bo‘lib 34 ta yo‘nalishni qamrab oladi. Ularda dunyoning 37 davlatidan 275 ta jamoa ishtirok etadi. Xalqaro armiya o‘yinlari 13-avgustdan 27-avgustga qadar dunyoning 12 ta davlat hududida o‘tkaziladi.
Avvalgi o‘yinlarda O‘zbekiston 4 oltin, 9 kumush va 4 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Yangiliklar lentasi
0