Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zaporojye AES o‘qqa tutilishi yadroviy terrorchilik harakatidir – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishZdanie Ministerstva oboroni RF v Moskve, gde proxodit vstrecha ministra oboroni RF Sergeya Shoygu i ministra oboroni Velikobritanii Bena Uollesa.
Zdanie Ministerstva oboroni RF v Moskve, gde proxodit vstrecha ministra oboroni RF Sergeya Shoygu i ministra oboroni Velikobritanii Bena Uollesa. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Konashenkov: Atom elektr stansiyasini o‘qqa tutish Ukraina Qurolli kuchlarining 44-artilleriya brigadasi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirildi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Zaporojye atom elektr stansiyasini (AES) Ukraina artilleriya brigadasi tomonidan o‘qqa tutilishi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rejimining yadroviy terrorchilik harakatidir. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.

“7 avgust kuni Zelenskiy rejimi Xerson va Zaporojye viloyatlarida gumanitar falokat yaratish maqsadida Zaporojye atom elektr stansiyasining energetika infratuzilmasi obyektlarida yangi yadroviy terrorchilik aktini amalga oshirdi”, - dedi Konashenkov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, atom elektr stansiyasini o‘qqa tutish Ukraina Qurolli kuchlarining 44-artilleriya brigadasi bo‘linmalari tomonidan soat 12:40 da Marganes aholi punkti hududidan, Kaxovka suv omborining qarama-qarshi qirg‘og‘ida amalga oshirildi.
Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, o‘qqa tutilish Zaporojye va Xerson viloyatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori voltli liniyaga zarar yetkazgan.
Ma’lumot o‘rnida, yakshanba kuni Ukraina harbiylari hozirda Rossiya qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lgan Zaporojye atom elektr stansiyasi hududiga zarba berishda davom etgan. Energodardagi otishmalar natijasida kamida bir kishi halok bo‘ldi.
Barcha yuzaga kelgan yong‘inlar o‘z vaqtida o‘chirildi, shuningdek, suv olish moslamasining shikastlanishi tufayli suv ta’minotida muammolar yuzaga kelganligi xabar qilindi.

Mavzuga oid:

MAGATE rahbari Zaporojye AESning o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi
Ukraina QK Zaporojye AESni o‘qqa tutdi
Yangiliklar lentasi
0