Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Avtobuslar "Yangi O‘zbekiston bog‘i - Buyuk Ipak yo‘li metrosi" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Toshkentda 9 avgusdan boshlab 151-sonli "Yangi O‘zbekiston bog‘i - Buyuk Ipak yo‘li metrosi" yo‘nalishi bo‘yicha yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi avtobuslar soat 6:00 dan 21:00 gacha harakatlanadi.
Yo‘nalish harakati:
To‘g‘ri yo‘nalishda "Yangi O‘zbekiston bog‘i"dan O‘qituvchi, Milliy bog‘, Binokor, T.Malik, Do‘rmon yo‘li, M.Ulug‘bek shoh ko‘chalari orqali "Buyuk Ipak yo‘li metrosi"ga qadar.
Qaytish yo‘nalishida "Buyuk Ipak yo‘li metrosi"dan M.Ulug‘bek shoh, Do‘rmon yo‘li, T.Malik, Binokor, Milliy bog‘, O‘qituvchi ko‘chalari orqali "Yangi O‘zbekiston bog‘i"ga qadar.
Aytilishicha, mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar Jamiyatning "5-Avtobus saroyi" filialiga biriktirildi.
Yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 6 ta, shanba kunlariga 5 ta, yakshanba kunlariga 4 ta etib belgilangangan.
Yangiliklar lentasi
0