Toshkent aeroportida yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi - tafsilotlar

© SputnikV aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta
V aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Hududdagi ro‘yxatga olish, kutish, bagajni qabul qilish va chegara nazorati zonalari kengaytirilmoqda.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. “Toshkent” xalqaro aeroporti hududi yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida rekonstruksiya qilinmoqda. Bu haqida Uzbekistan Airports xabar berdi.
Aytilishicha, hozirda “Toshkent” xalqaro aeroportida “Toshkent-2” terminalini rekonstruksiya qilishning ikkinchi bosqichi davom etmoqda.
Rekonstruksiya natijasida quyidagilarga erishiladi:
Uchib ketish terminalining umumiy maydoni 44 001 kv.m dan 74 001 kv.m gacha oshiriladi;
Hududda ro‘yxatga olish, kutish, bagajni qabul qilish va chegara nazorati zonalarini kengaytirish orqali kattalashtiriladi;
Aeroportning o‘tkazish qobiliyati har soatda 1200 dan 2400 yo‘lovchiga oshadi.
Shuningdek, yo‘lovchilar va kuzatuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida uchib kelish zali oldidagi maydonni rekonstruksiya qilish, avtoturargohlarni avtomatlashtirish ishlari ham boshlab yuborilgan.
“Ish uchib kelish zali oldidagi kichik avtoturargohdan boshlandi, so‘ngra uchib kelish zali oldidagi maydon rekonstruksiya qilinadi, loyihaga ko‘ra, u uch qismga bo‘lingan — to‘xtash joyi, piyodalar hududi (skameykalar, favvoralar, yashil hududlar) va alohida taksi yo‘laklari”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, avtoturargoh uchun xarid qilingan yangi jihozlarni o‘rnatish yaqin kunlarda boshlanadi.
Yangilangan avtoturargohda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
Sotib olingan texnik uskunalar xodimlar ishtirokisiz kirish/chiqish va to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi;
Mablag‘lar avtomatlashtirilgan onlayn kassa terminalida naqd pulda, shuningdek, naqd pulsiz bank kartalari va mobil to‘lov ilovalari orqali qabul qilinadi;
Tizimda avtoturargohni oldindan band qilish, shuningdek, masofadan turib to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil ilova mavjud bo‘ladi;
Hududdagi avtoturargohlar elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari bilan jihozlanadi.
Hozirda boshqaruv kompaniyasi avtoturargohning joylashuvi va foydalanish davomiyligini (soat, kun) hisobga olgan holda tariflarning moslashuvchan tizimini ishlab chiqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0