Rossiya yangi snayper vintovkalari Amerikaning “Barret”laridan ustun kelmoqda

© Sputnik / Kirill Norton / Mediabankka o‘tishBlokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti
Blokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya nafaqat dunyoda eng zo‘r raketa, samolet va suv osti kemalari ishlab chiqaradi, balkim eng yangi 12,7 kalibrli DXL-5 “Opustoshitel” - snayper vintovkasi o‘z klassida jahon rekordiga da’vo qilmoqda.
Ukrainadagi maxsus operatsiyada ittifoqdosh kuchlar Rossiyaning 12,7 kalibrli DXL-5 "Opustoshitel" snayper vintovkasidan samarali foydalanishmoqda.
Ishlab chiruvchi (Lobaev Arms) korxonasi vakilining ta’kidlashicha, qurol yuqori darajadagi aniqligi bilan ajralib turadi. “Opustoshitel” Amerikaning g‘arblik mutaxassislar orasida eng yaxshisi deya hisoblangan Barretlardan to‘rt barobar aniqroq.
Rossiya yangi snayper vintovkasining otish aniqligi 0,5 minut yoyni tashkil etadi, ya’ni 100 m masofada o‘qlar diametri 1,5 sm bo‘lgan doira ichiga tushadi- aslida bir-birining ustiga. Amerikaning Barreti aniqligi esa - 2 yoyni, samarali otish masofasi esa mos ravishda 2300 m va 1800mni tashkil qiladi. Yuqori aniqlik va uzoq masofali DXL-5 lar Amerikaning snayper vintovkalari bilan qurollangan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini uslubiy jihatdan yo‘q qilishga qodir.
Eslatib o‘taman, 2017-yilda prezident Donald Tramp ma’muriyati Kiyevga 12,7 kalibrli Barrett M107A1 vintovkalarini 41,5 millionga sotishga sanksiya qo‘llagan edi.
Rossiyaning “Opustoshitel” vintovskasi modul konstruksiyaga esa bo‘lib, uning stvolini ham almashtirish mumkin. Rossiya armiyasi uchun yangi qurollar 12,7x108 mm rus patroniga moslab ishlab chiqariladi. Dastlab ushbu vintovkalar NATOning standartiga mos 12,7x99 mm patroniga moslab buyurtma qilingan edi.
Rossiyada ishlab chiqarilgan yirik kalibrli vintovkaning katta afzalligi – qo‘ndoqning tebranishni pasaytiruvchi qurilma konstruksiyasidir. U o‘q otish vaqtida ortga qaytish zarba kuchini kamaytiradi.
“Opustoshitel”ning texnologik ustuvorligi bejizga emas. Rossiya Federatsiyasida yirik kalibrli snayper vintovkalarini yaratish G‘arbnikiga qaraganda ancha keyinroq boshlangan. Ammo shunga qaramay, Rossiya qurol ishlab chiqaruvchilari xorijiy muqobillarni ortda qoldira oladigan bir qancha namunalar yarata olishgan.
Dunyoda eng uzoq masofali snayper vintovkasi ham deya Rossiyaning Lobaev Arms xususiy korxonasida ishlab chiqarilgan 10,36x77 mm patronlik “Sumrak” SVLK-14S vintovkasi hisoblanadi. Uning yordamida rekord masofadagi - 4210 metr - nishonga zarba berilgan.
Taqqoslash uchun: G‘arbda eng yaxshi natijalar Amerikada ishlab chiqarilgan vintovkalarga tegishli - 4157 metr, eng uzoq masofalisi esa “dahshatli o‘q” Amerikaning McMillan TAC-50 (patron 12,7x99 mm) vintovkasidan 2017-yilda o‘rnatilgan - 2017-yilning iyun oyida kanadalik snayper Iroqdagi jangari-islamistni 3540 m uzunlikda yo‘q qilgan edi.

Amerikaning “uslub ilohasi” ortda qolmoqda

Barret yirik kalibrli snayper vintovkasi 1982-yilda xuddi irkit o‘rdakcha kabi sobiq politsiyachi va professional suratkash Ronni Barretning garajida paydo bo‘lgan. Patent besh yil o‘tgandan so‘ng olingan, kichik seriyalarda ishlab chiqarish ko‘p muvaffaqiyatlar va’da qilmagan. Barret M82A1 yulduzi 1990-yilda paydo bo‘lgan. Unda AQSh armiyasi Fors ko‘rfazi urushi uchun ko‘plab vintovkalar kerak payt bo‘lgan.
Uzunligi bir yarim metrli Barrett M107A1 zamonaviy vintovkasida Browning M2 yirik kalbirli pulemotining 12,7x99 mmlik patronlari sig‘adigan ikki qatorli korobka magazini bor. “Antimaterial” atamasi nafaqat odamlarga, balki to‘xtash joylarida, radiolokatorlar, istehkomlar, zirhli texnikaga ham zarba berish xususiyatini bildiradi. Agar reklama roliklariga ishonadigan bo‘lsak, ortga zarba kuchi past bo‘lgani tufayli snayper 10 soniya ichida 10 ta nishonni yo‘q qilish imkoniga ega.
Barrett M107A1 dunyoning 40 ta mamlakatida, jumladan, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Chili, Finlyandiya, Fransiya, Isroil, Italiya, Meksika, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, Turkiya armiyasining quroli safiga kiritilgan.
Uzoq masofa bo‘yicha (1800m) shunday vintovkaning Rossiya muqobili 12,7 kalibrlik OSV-96 “Vzlomshik” FSB maxsus kuchlari va Rossiyaning boshqa kuch tuzilmalarida xizmat qiladi.
Ozarbayjon, Belarus, Misr, Hindiston, Eron, Qozog‘istonga eksport qilinadi. OSV-96 ning litsenziyali ishlab chiqarishi 2018-yili Vyetnamda yo‘lga qo‘yilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, nishon masofasi 2300 lik yap-yangi “Opustoshitel” vintovkasi maxsus harbiy operatsiya maydonlari va dunyo qurollari bozorida muvaffaqiyat qozonishi muqarrar. Mutaxassis uchun muhim detal: uzoqroq nishonni yo‘q qilish imkoniga ega bo‘lgan “Opustoshitel” Barrett M107A1 bilan xil vaznga ega - 13 kg.
Jang maydonida snayperlar ishi tobora uzoqroq “masofadan” amalga oshirilmoqda. Bu esa “instrumentlar”ning muntazam texnologik mukammallashuvini talab etadi. 12,7 kalibrli DXL-5 "Opustoshitel" vintovkasi hamda 10,36 mm kalibrlik SVLK-14S “Sumrak”, shuningdek, yaqinda sinovdan o‘tgan 12,7 mm kalibrli ORSIS vintovkalari Rossiyalik qurolchilarning to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganining belgisidir.
Yangiliklar lentasi
0