https://oz.sputniknews.uz/20220808/ozbekiston-butunjahon-shaxmat-olimpiadasiga-mezbonlik-qiladi-26929229.html
O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yilda Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilish uchun ovoz berishda barcha delegatlar bir ovozdan O‘zbekiston uchun ovoz berishdi. 08.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-08T13:08+0500
2022-08-08T13:08+0500
2022-08-08T13:45+0500
sport
shaxmat
butunjahon shaxmat olimpiadasi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26142887_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_8464406ce2e9c598dbfc8ddf643591c6.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. 2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.Hindistonda bo‘lib o‘tgan FIDE kongressida 2026-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mezboni aniqlandi. O‘zbekiston, Polsha va Zambiya da’vogar sifatida ishtirok etish uchun ariza topshirishgan edi. Biroq, Polsha va Zambiya hukumat kafolat xatlarini taqdim etmagani bois ular so‘nggi bosqichda ishtirok eta olishmagan. O‘zbekiston esa asosiy nomzod bo‘lib qolgan edi.2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun Toshkent shahri tanlab olingan bo‘lib, olimpiada 2026-yilning sentabr oyida tashkil etilishi nazarda tutilgan.MDH davlatlari orasida shu paytgacha Armaniston (Yerevan shahri, 1996-yil), Rossiya Federatsiyasi (Moskva shahri, 1994-yil, Elista shahri, 1998-yil, Xanti-Mansiysk shahri, 2010-yil), Ozarbayjon (Boku shahri, 2016-yil) hamda Gruziya (Batumi shahri, 2018-yil) Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilgan.2024 yilgi 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkaziladi.Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Olimpiada yakunlanishiga ikkita o‘yin qolgan. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi to‘qqizinchi tur yakuniga ko‘ra, 16 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Mavzuga oid:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0d/26142887_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ceb33eefa0aeb463f9395e09b41def92.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, o‘zbekiston
sport, shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, o‘zbekiston
O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi
13:08 08.08.2022 (yangilandi: 13:45 08.08.2022) 2026 yilda Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilish uchun ovoz berishda barcha delegatlar bir ovozdan O‘zbekiston uchun ovoz berishdi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. 2026 yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev
ma’lum qildi. Hindistonda bo‘lib o‘tgan FIDE kongressida 2026-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mezboni aniqlandi.
"2026 yilda Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilish uchun ovoz berishda barcha delegatlar bir ovozdan O‘zbekiston uchun ovoz berishdi", - deyiladi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabarida.
O‘zbekiston, Polsha va Zambiya da’vogar sifatida ishtirok etish uchun ariza topshirishgan edi. Biroq, Polsha va Zambiya hukumat kafolat xatlarini taqdim etmagani bois ular so‘nggi bosqichda ishtirok eta olishmagan. O‘zbekiston esa asosiy nomzod bo‘lib qolgan edi.
2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun Toshkent shahri tanlab olingan bo‘lib, olimpiada 2026-yilning sentabr oyida tashkil etilishi nazarda tutilgan.
MDH davlatlari orasida shu paytgacha Armaniston (Yerevan shahri, 1996-yil), Rossiya Federatsiyasi (Moskva shahri, 1994-yil, Elista shahri, 1998-yil, Xanti-Mansiysk shahri, 2010-yil), Ozarbayjon (Boku shahri, 2016-yil) hamda Gruziya (Batumi shahri, 2018-yil) Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilgan.
2024 yilgi 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Olimpiada yakunlanishiga ikkita o‘yin qolgan. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi to‘qqizinchi tur yakuniga ko‘ra, 16 ochko bilan turnir jadvalida
1-o‘rinda bormoqda.