https://oz.sputniknews.uz/20220808/mobil-id-sinov-tariqasida-ishga-tushirildi-26949160.html
Mobil-ID sinov tariqasida ishga tushirildi
Mobil-ID sinov tariqasida ishga tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
Mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. 08.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-08T20:56+0500
2022-08-08T20:56+0500
2022-08-08T20:56+0500
jamiyat
mobil-id
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26949001_0:169:3000:1857_1920x0_80_0_0_c34f84202b0e0fd8a2812cf94d582eaa.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. "Elektron hukumat" tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobil-ID sinov tariqasida ishga tushdi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP, my.gov.uz) xabar qildi.Ta’kidlanishicha, endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) elektron raqamli imzosiz foydalanishi mumkin.Faqat buning uchun smartfonga MyGov mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak. Fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko‘ra va belgilangan to‘lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda davlat xizmatlaridan foydalanishda Mobil-ID tizimi joriy etilishi xabar qilingan edi. Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20220423/pasport-orniga-mobil-telefon---yangi-tartib-avgustdan-ishga-tushadi-24162681.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26949001_150:0:2851:2026_1920x0_80_0_0_07612e467d1f2f394d6681aa4f009913.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mobil-id
Mobil-ID sinov tariqasida ishga tushirildi
Mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. "Elektron hukumat" tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobil-ID sinov tariqasida ishga tushdi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP, my.gov.uz) xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) elektron raqamli imzosiz foydalanishi mumkin.
Faqat buning uchun smartfonga
MyGov mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.
Fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko‘ra va belgilangan to‘lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda davlat xizmatlaridan foydalanishda Mobil-ID tizimi joriy etilishi
xabar qilingan edi. Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.