https://oz.sputniknews.uz/20220808/medvedev-2008-yildagi-gruziyadagi-harakatlar-aqsh-va-nato-uchun-signal-bolganini-aytdi-26933701.html
Medvedev 2008-yildagi Gruziyadagi harakatlar AQSh va NATO uchun signal bo‘lganini aytdi
Medvedev 2008-yildagi Gruziyadagi harakatlar AQSh va NATO uchun signal bo‘lganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Medvedev: Hozir butun dunyo qaytarib bo‘lmas darajada o‘zgardi. 08.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-08T16:33+0500
2022-08-08T16:33+0500
2023-04-05T18:38+0500
dunyoda
dmitriy medvedev
gruziya
aqsh
nato
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1b/22419452_0:0:3079:1733_1920x0_80_0_0_2f32439437e7c12872ea8fcd2873da37.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. 2008-yil avgust oyida Rossiyaning Gruziyani tinchlikka majburlashdagi faoliyati AQSh va NATO uchun signal bo‘ldi. Ular esa buni e’tiborsiz qoldirdi. Bu haqda Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ta’kidladi.Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, AQSh xavotirlarni e’tiborsiz qoldirib, xavfli yo‘ldan borishda davom etdi.2008 yil 8-avgustga o‘tar kechasi Gruziya Janubiy Osetiyani o‘qqa tutdi, gruzin qo‘shinlari respublikaga hujum qildi va poytaxt Sxinvalning bir qismini vayron qildi. Rossiya ko‘pchiligi Rossiya fuqaroligini olgan Janubiy Osetiya aholisini himoya qilib, respublikaga qo‘shin kiritdi va besh kunlik jangovar harakatlardan so‘ng gruzin harbiylarini quvib chiqardi.2008 yil 26-avgustda Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiya suverenitetini tan oldi. Rossiya yetakchilari ikki sobiq Gruziya muxtoriyatining mustaqilligini tan olish mavjud voqelikni aks ettirishini va qayta ko‘rib chiqilishi shart emasligini bir necha bor ta’kidlagan. Gruziya haligacha Abxaziya va Janubiy Osetiyani mustaqil davlatlar sifatida tan olmaydi va ularni o‘z mintaqalari deb biladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1b/22419452_265:0:2994:2047_1920x0_80_0_0_2a71bc4c1255c0a9cb1f5ac0be11d15b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dmitriy medvedev, gruziya, aqsh, nato, rossiya
dunyoda, dmitriy medvedev, gruziya, aqsh, nato, rossiya
Medvedev 2008-yildagi Gruziyadagi harakatlar AQSh va NATO uchun signal bo‘lganini aytdi
16:33 08.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Medvedev: Hozir butun dunyo qaytarib bo‘lmas darajada o‘zgardi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. 2008 yil avgust oyida Rossiyaning Gruziyani tinchlikka majburlashdagi faoliyati AQSh va NATO uchun signal bo‘ldi. Ular esa buni e’tiborsiz qoldirdi. Bu haqda Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ta’kidladi.
“2008 yilning avgustida Gruziyani tinchlikka majburlash bo‘yicha harakatlar fuqarolarni himoya qilish uchun qilingan. Shu bilan birga, bu AQSh va NATOga Rossiya xavotirlarini tinglash zarurligi haqida signal bo‘ldi”, - deb yozdi u Telegram kanalida.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, AQSh xavotirlarni e’tiborsiz qoldirib, xavfli yo‘ldan borishda davom etdi.
“Kavkazda vaziyat o‘zgardi. Lekin AQSh va NATO eshitmadi va tushunmadi. Ular buni e’tiborsiz qoldirdi. Ular o‘zlarining o‘ta xavfli yo‘nalishini davom ettirishdi. 2022-yilda biz ancha qattiqroq javob qaytarishga majbur bo‘ldik. Hozir butun dunyo qaytarib bo‘lmas darajada o‘zgardi”, deb qo‘shimcha qildi Medvedev.
2008 yil 8-avgustga o‘tar kechasi Gruziya Janubiy Osetiyani o‘qqa tutdi, gruzin qo‘shinlari respublikaga hujum qildi va poytaxt Sxinvalning bir qismini vayron qildi. Rossiya ko‘pchiligi Rossiya fuqaroligini olgan Janubiy Osetiya aholisini himoya qilib, respublikaga qo‘shin kiritdi va besh kunlik jangovar harakatlardan so‘ng gruzin harbiylarini quvib chiqardi.
2008 yil 26-avgustda Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiya suverenitetini tan oldi. Rossiya yetakchilari ikki sobiq Gruziya muxtoriyatining mustaqilligini tan olish mavjud voqelikni aks ettirishini va qayta ko‘rib chiqilishi shart emasligini bir necha bor ta’kidlagan. Gruziya haligacha Abxaziya va Janubiy Osetiyani mustaqil davlatlar sifatida tan olmaydi va ularni o‘z mintaqalari deb biladi.