https://oz.sputniknews.uz/20220808/magate-rahbari-zaporoje-aesning-oqqa-tutilishidan-xavotir-bildirdi-26923047.html
MAGATE rahbari Zaporojye AESning o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi
MAGATE rahbari Zaporojye AESning o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Grossi: bu yadroviy falokatning haqiqiy xavfini ko‘rsatmoqda. 08.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-08T11:56+0500
2022-08-08T11:56+0500
2022-08-08T11:56+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26903313_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1b3582ede75aff09d5fa993264daf893.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Atom energiyasi xalqaro agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi Zaporojye atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi. Bu haqda agentlik shanba kuni tegishli bayonot berdi, deb xabar beradi RIA Novosti.MAGATE rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Zaporojye atom elektr stansiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi harbiy harakatlarni “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi va har qanday holatda ham buning oldini olish kerak”.Eslatib o‘tamiz, juma kuni Ukraina qo‘shinlari Energodardagi Zaporojye atom elektr stansiyasi hududiga artilleriya zarbasi berdi, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular jami yigirmata 152 mm snarad otdi.Ushbu snaradlar natijasida suv quvurida yong‘in sodir bo‘lib, favqulodda xizmatlar uni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. AESda 3-energoblok uskunasining bir qismi quvvatsizlantirildi, 4-energoblokning ishlab chiqarilgan quvvati kamaytirildi.Ma’lumot uchun, Zaporojye Atom Elektr stansiyasi Yevropadagi eng yirik AES hisooblanadi. Uning 6g‘ta energobloki 6000 MVt quvvatga ega bo‘lib, u Ukraina energetika tizimining 20%ini ta’minlaydi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26903313_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_38cc21d4d126288d88867297128d9a68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, aes
MAGATE rahbari Zaporojye AESning o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi
Grossi: bu yadroviy falokatning haqiqiy xavfini ko‘rsatmoqda.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Atom energiyasi xalqaro agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi Zaporojye atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi. Bu haqda agentlik shanba kuni tegishli bayonot berdi, deb
xabar beradi RIA Novosti.
“Kechagi Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishidan juda xavotirdaman, bu yadroviy falokatning haqiqiy xavfini ko‘rsatmoqda”, dedi Grossi bayonotida.
MAGATE rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Zaporojye atom elektr stansiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi harbiy harakatlarni “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi va har qanday holatda ham buning oldini olish kerak”.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni Ukraina qo‘shinlari Energodardagi Zaporojye atom elektr stansiyasi hududiga artilleriya zarbasi berdi, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular jami yigirmata 152 mm snarad otdi.
Ushbu snaradlar natijasida suv quvurida yong‘in sodir bo‘lib, favqulodda xizmatlar uni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. AESda 3-energoblok uskunasining bir qismi quvvatsizlantirildi, 4-energoblokning ishlab chiqarilgan quvvati kamaytirildi.
Ma’lumot uchun, Zaporojye Atom Elektr stansiyasi Yevropadagi eng yirik AES hisooblanadi. Uning 6g‘ta energobloki 6000 MVt quvvatga ega bo‘lib, u Ukraina energetika tizimining 20%ini ta’minlaydi.