Gaz hisoblagichlarini o‘rnatishni oktabr oyida yakunlash rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Stringer Schetchik ucheta gaza
 Schetchik ucheta gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi 5-avgust kuni “Respublika iste’molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjatga ko‘ra, 2022-yil oktabr oyida tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi to‘liq amalga oshirilishi zarur. Hududlarda yer uchastkalarida joylashgan hamda markaziy issiqlik ta’minotiga ulanmagan ko‘p qavatli uylarda billing tizimi to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lmagan 11,5 mingta ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar ushbu uylarning kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishni “gaz taqsimlash stansiyasi - tuman (shahar) chegarasi - yirik uchastkalarning kirish qismi - iste’molchi” texnologik zanjiri asosida 1 800 ta elektron hisoblagichlarni o‘rnatish va monitoring qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.
Hujjat bilan 2022-2024 yillarda respublika hududlaridagi yer uchastkalarida joylashgan aholi xonadonlarining gaz ta’minoti tizimini ikki bosqichli tizimga o‘tkazishning maqsadli ko‘rsatkichlari, shu yillarda “Hududgazta’minot” AJning gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlarining maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0