Afg‘onistonga yana notinchlik qaytmoqda - OAV
© AP Photo / Ghaith AlsayedFlag talibov
© AP Photo / Ghaith Alsayed
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda AQSh dronlari Afg‘oniston ichida bir necha bor zarba berib, taniqli terrorchilarni yo‘q qilganidan so‘ng, Tolibon*ga ishonch keskin tusha boshladi. Turli muxolifat kuchlar faolligi osha boshladi.
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. So‘nggi kunlardan Afg‘oniston yana notinchlik girdobiga sho‘ng‘imoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston.
Kobulda AQSh droni zarbasi natijasida Al-Qoida* yetakchisi Ayman az-Zavohiri o‘ldirilganidan so‘ng mamlakatda turli “uxlab yotgan” terrorchi guruhlar faolligi oshishi kuzatilmoqda.
Bunga bir necha sabablar bor, jumladan az-Zavohiri o‘ldirilganidan so‘ng “Tolibon”ga ishonch keskin tusha boshladi. Xususan, muxolifat kuchlar ularni AQSh bilan hamkorlik qilishda yoki bitim tuzishda gumon qilmoqda.
Tolibon* o‘z navbatida, Qobulda az-Zavoxiriyning o‘ldirilishi AQSh droni yordamida amalga oshirilganini so‘nggi damga qadar tan olishni istamagan edi. Bayden nutqidan bir necha soat oldin ular buni aytishga majbur bo‘lishdi. Bayden esa ushbu ma’lumotlarni kuzgi parlament saylovida ochko to‘plash maqsadida, o‘z jamoasining yutug‘i sifatida e’lon qildi.
Ikkinchidan, shu kunldarda shiya musulmonlari uchun muqaddas bayram – Ashura kunlarida “Islomiy davlat”* va boshqa turli terrorchi tashkilotlar faollashib Kobulning shimoliy qismi, aksariyat shiya musulmonlari boradigan 3ta masjidda va 1ta avtobusda terakt uyushtirildi. So‘nggi 3 kuni ichida ushbu qonli hodisalarda 120dan ortiq kishi qurbon bo‘lgan.
Undan tashqari, Paktika viloyati Barmal aholi punki yaqinida Tolibon qo‘mondonlaridan biri Abdul-Vali Ragib Momand (Omar Xalid Xorasani nomi bilan tanilgan) o‘ldirildi. Abdul-Vali - "Djamaat al-Axror"* va "Tahrik-i Tolibon Pokiston"* guruhlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Uning avtomobili portlatib yuborilganda u bilan birga 4 kishi halok bo‘lgan.
Ayrim manbaalar xabariga ko‘ra, unga ham AQSh droni yordamida hujum qilingan. Ma’lumot uchun, bundan oldin Vashington Omare Xalid Xorasani haqidagi ma’lumot uchun $3 mln. mukofot e’lon qilgan edi.
Shu kunlarda “Tahrik-i Tolibon Pokiston”*ning yana bir yetakchisi - Abdul-Rashid (Ukabi Badjauri) ismli vakili ham Pokiston chegarasi yaqinida Chougam vodiysida o‘z mashinasida portlatib yuborildi.
Bir vaqtning o‘zida Afghanistan International nashrida Amerika droni Andar hududida ichida ikki nafar "Al-Qoida”* terrorchisi bo‘lgan avtomobilni yo‘q qilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Aytish joizki Afg‘oniston ichida Tolibon* qo‘mondonlariga nisbatan tajovuzlar soni ham oshib bormoqda. Paktika provinsiyasining Dila-va-Xoshamand tumanida yakshanba kuni soat 08:30 (msk)Tolibon*ning ushbu hududdagi “axloq” politsiyasi rahbari Moxammad Nasim o‘ldirilgan. U oldin Logar viloyatida politsiya boshlig‘i bo‘lgan.
Undan tashqari Samangan viloyati Darayi-Sufi-Bala hududida yakshanba kuni Tolibon Ichki ishlar vaziri v.b. Sirojiddina Xakkanining odamlari va Iqtisodiy masalalar vaziri Abdul-Gani Baradar odamlari orasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Ular bu yerda noqonuniy qazxib olinayotgan ko‘mirga egalik qilish uchun jang qilishmoqda. Ko‘mir kontrabanda uslubida xorijga sotiladi, unining daromadi Tolibon* rahbarlari cho‘ntagida qoladi.
Yana bir notinchlik nuqtasi – Paktika viloyati Barmal hududi. Bu yerda Pokistonlik Tolibon* vakillari mahalliy cho‘pon Abdul-Qodirni otib tashlagan va uning 80 bosh mollarini Pokiston hududiga haydab ketgan.
Pokiston bilan chegaradosh yana bir tuman Dangamda Tolibon* Pokiston chegarachilari bilan jangga kirishgan. Xabarda aytilishiga ko‘ra pokistonliklar chegara chizig‘ini Afg‘oniston ichkarisiga ko‘chirishga urinishgan.
* Terrorchilik faoliyati uchun Rossiyada ta’qiqlangan va BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan tashkilotlar