Xitoyda 900-yillik tarixga ega ko‘prik qulab tushdi

© Pixabay / Ronald PlettOgon
Ogon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
Obuna bo‘lish
Fuszan provinsiyasida joylashgan Vanan ko‘prigi kuyib kul bo‘ldi va qulab tushdi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Xitoydagi 900-yillik tarixga ega eng uzun ravoqsimon ko‘prik yong‘in sabab qulab tushdi.
Fuszan provinsiyasida joylashgan Vanan ko‘prigidagi yong‘in 6-avgust kuni kechqurun boshlangan va mahalliy vaqt bilan soat 22:45 da o‘chirilgan.
“Hozir ko‘prik kuyib kul bo‘lib, qulab tushdi. Hech kim jabrlanmadi”, - deyilgan xabarda.
Vanan ko‘prigi bundan 900-yil ilgari Sun sulolasi (960-1279 yillar) davrida qurilgan. Ko‘prik 1708-yilda yong‘indan zarar ko‘rgan va 1742-yilda qayta tiklangan edi. Keyinchalik u biror marta ham ta’mirlanmagan. U 1991-yilda mintaqa darajasida muhofaza qilinayotgan obyekt maqomini olgan, 2006-yilda esa bu milliy darajagacha ko‘tarilgan.
Xitoyning “Global Times” nashri Vanan ko‘prigi (98,2 metr) Xitoydagi eng uzun yog‘och ravoqsimon ko‘prik bo‘lganini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0