O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara demarkatsiyasi loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishdi

© © SputnikPogranichniy punkt, arxivnoe foto
Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat vakillari chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari jamlanmasini shakllantirishni yakunlashdi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, 25-iyul-5 avgust kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi ikki davlat hukumat delegatsiyalarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan.
“Muzokaralarda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma loyihasining matni bo‘yicha kelishuvga erishildi va chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari jamlanmasini shakllantirish yakunlandi”, - deyilgan xabarda.
Navbatdagi uchrashuv diplomatik kanallar orqali kelishilgan sanada O‘zbekistonda tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0