Bektemir Meliqo‘ziyev bosniyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi – video

© Natsionalnoe antidopingovoe agentstvo UzbekistanaUzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev
Uzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
Obuna bo‘lish
Texasda bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida Bektemir Meliqo‘ziyev Bosniya vakili Sladan Yanyaninga qarshi ringga ko‘tarildi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekstonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev AQShning Texas shtatida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan Meliqo‘ziyevga bosniyalik Sladan Yanyanin raqiblik qildi.
O‘zbekistonlik bokschi birinchi raunddayoq raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Ikkinchi raundda ham ustunlik Meliqo‘ziyev tomonida bo‘ldi. Uchinchi raundda referi Meliqo‘ziyevning ketma-ket zarbalaridan keyin jangni to‘xtatdi va texnik nokautni qayd etdi.
Shu tariqa Meliqo‘ziyev professional faoliyatidagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0