ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ArMI-2022: “Xavfsiz muhit” musobaqasida qatnashuvchi jamoalar Samarqandda jam bo‘lishdi - foto

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaPoligon "Sazagan" v Samarkande
Poligon Sazagan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
Obuna bo‘lish
"Sazagan" dala-o‘quv maydonida xalqaro o‘yinlar doirasida “Xavfsiz muhit” musobaqasi o‘tkaziladi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. "ArMI-2022" Xalqaro armiya o‘yinlarining “Xavfsiz muhit” yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etuvchi barcha jamoalar Markaziy harbiy okrugning Samarqanddagi "Sazagan" dala-o‘quv maydonida yetib kelishdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 6-avgust kuni ushbu musobaqada ishtirok etuvchi oxirgi davlatlar — Rossiya va Belarus jamoalari Xonobod aerodromida kutib olinib, dala o‘quv maydoniga joylashtirildi.
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligiRossiya delegatsiyasi
Rossiya delegatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
1/5
Rossiya delegatsiyasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligiRossiya delegatsiyasi
Rossiya delegatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
2/5
Rossiya delegatsiyasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligiBelarus delegatsiyasi
Belarus delegatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
3/5
Belarus delegatsiyasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligiXitoy delegatsiyasi
Xitoy delegatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
4/5
Xitoy delegatsiyasi
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligiEron delegatsiyasi
Eron delegatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Eron delegatsiyasi
1/5
Rossiya delegatsiyasi
2/5
Rossiya delegatsiyasi
3/5
Belarus delegatsiyasi
4/5
Xitoy delegatsiyasi
5/5
Eron delegatsiyasi
Dala-o‘quv maydonida mehmonlar tantanali ravishda o‘zbekona urf-odatlarga ko‘ra kutib olindi hamda saf maydonida davlatlarning davlat madhiyasi yangradi va bayroqlar ko‘tarildi.
Shuningdek, "ArMI-2021" doirasidagi musobaqada g‘olib bo‘lgan Xitoy jamoasi tashkilotchi bo‘lgan O‘zbekiston tomoniga “Xavfsiz muhit” musobaqasining ko‘chma kubogini topshirdi.
© Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi“Xavfsiz muhit” musobaqasi ko‘chma kubogi
“Xavfsiz muhit” musobaqasi ko‘chma kubogi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2022
“Xavfsiz muhit” musobaqasi ko‘chma kubogi
Bu musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Eron, Xitoy va Vyetnam harbiy jamoalari o‘zaro bellashishadi.
"ArMI-2022" Xalqaro armiya o‘yinlari 13-avgustidan 27-avgust kuniga qadar dunyoning 12 ta davlat hududida o‘tkaziladi. Bu yil O‘zbekistonda ilk bor birdaniga 5 ta yo‘nalishdagi musobaqalar o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0