Samarqandda Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda

© Foto / Irina PasxinaPloshad Registan, Samarkand
Ploshad Registan, Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2022
Obuna bo‘lish
Samarqandda Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Samarqandda Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hunarmandlari uchun Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumini tashkil etdi.
Bu 2022-yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirildi.
Bir oy davomida professional haykaltaroshlar betakror ijod namunalarini yaratadilar. Ular yasagan haykallar Turizm va Madaniy meros vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan shahardagi bog‘ va xiyobonlarga, shuningdek, 7 ta muzeyni o‘z ichiga olgan Samarqand “Muzeylar maydoni” hududiga o‘rnatiladi. Xalqaro tadbir yakunlari bo‘yicha katalog chop etiladi.
Haykaltaroshlik simpoziumini ShHTga a’zo mamlakatlar va O‘zbekistonning boshqa hamkor davlatlari rassomlari uchun an’anaviy va muntazam xalqaro forumga aylantirish maqsad qilingan.
Yangiliklar lentasi
0