Putin Erdog‘anni Samarqanddagi ShHT sammitiga taklif qildi

© FOTO POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom v Sochi
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom v Sochi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2022
Obuna bo‘lish
Erdog‘an Samarqanddagi ShHT sammitida ishtirok etishi mumkin.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anni Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etishga taklif qildi.
Bu haqda Turkiya yetakchisi Sochidan qaytgach, jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Uchrashuvimiz davomida janob Putin ham so‘radi: agar imkoniyat bo‘lsa, u yerda uchrashuvda qatnashamiz, umid qilaman bunga. Xitoy keladi, boshqa tomondan Saudiya Arabistoni keladi, Qatar keladi. Biz u yerda bo‘lishga intilamiz. Umid qilamanki, agar hozir g‘ayrioddiy hodisa sodir bo‘lmasa, men ham u yerda bo‘laman”, dedi Turkiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0