O‘zbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq ishlab chiqish rejalashtirilmoqda

© pixabayDevushka s telefonom v ruke
Devushka s telefonom v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tanlovda ishtirok etuvchi startap loyihalar tashabbuskorlaridan arizalar joriy yilning 31-iyulidan 1-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Startap loyihasi tashabbuskori loyiha ta’sischilaridan biri (kompaniya bo‘lsa - asosiy aksiyadorlardan biri) bo‘lishi kerak. Loyiha tashabbuskori (bitta ishtirokchi) bitta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli startap loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular o‘zlarining innovatsiyalari va texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0