https://oz.sputniknews.uz/20220806/ozbekiston-ozarbayjonning-londondagi-elchixonasiga-qilingan-hujumni-qoraladi-26882880.html
O‘zbekiston Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi
O‘zbekiston Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 4-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g‘arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat’iy qoraladi.
2022-08-06T09:50+0500
2022-08-06T09:50+0500
2022-08-06T09:50+0500
dunyoda
ozarbayjon
o‘zbekiston tiv
london
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26882723_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_79fdd644b074d20cc5753ccaebbff627.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 4-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g‘arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat’iy qoraladi.“Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz.Hodisani har tomonlama tekshirish va barcha aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqiramiz.O‘zbekiston tomoni qardosh Ozarbayjonni xorijdagi fuqarolarining xavfsizligi va himoyasini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashini bildiradi”, - deyilgan TIV bayonotida.4 avgust kuni Ozarboyjon Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasiga bir guruh namoyishchilar tomonidan hujum uyushtirildi.Bu haqda xabar olgan mahalliy politsiya soat 16:30 atrofida voqea joyiga yetib borgan. Jabrlanuvchilar yo‘qligi, 8 kishi qo‘lga olingani aytilmoqda. Ular elchixona binosiga noqonuniy tarzda kirish va binoga zarar yetkazishda ayblanyapti.Mahalliy OAVga ko‘ra, hujumni “Mahdiy xizmatchilari uyushmasi” nomli shialarning radikal guruhi a’zolari uyushtirgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/06/26882723_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2fdbdad2eef0f04339ce5e1349ba1b57.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ozarbayjonning londondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi
o‘zbekiston ozarbayjonning londondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi
O‘zbekiston Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi
O‘zbekiston Ozarbayjon Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g‘arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat’iy qoraladi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 4-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g‘arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat’iy qoraladi.
“Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz.
Hodisani har tomonlama tekshirish va barcha aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqiramiz.
O‘zbekiston tomoni qardosh Ozarbayjonni xorijdagi fuqarolarining xavfsizligi va himoyasini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashini bildiradi”, - deyilgan TIV bayonotida.
4 avgust kuni Ozarboyjon Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasiga bir guruh namoyishchilar tomonidan hujum uyushtirildi.
Bu haqda xabar olgan mahalliy politsiya soat 16:30 atrofida voqea joyiga yetib borgan. Jabrlanuvchilar yo‘qligi, 8 kishi qo‘lga olingani aytilmoqda. Ular elchixona binosiga noqonuniy tarzda kirish va binoga zarar yetkazishda ayblanyapti.
Mahalliy OAVga ko‘ra, hujumni “Mahdiy xizmatchilari uyushmasi” nomli shialarning radikal guruhi a’zolari uyushtirgan.