Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilinadi

© Predstavitelstvo Rossotrudnichestva v Respublike UzbekistanSegodnya v Tashkente na ploshadke Shaxmatnogo kluba "City Chess" sostoyalsya Perviy otkritiy Molodejniy shaxmatniy turnir na kubok predstavitelstva Rossotrudnichestva v Uzbekistane, priurochenniy k Mejdunarodnomu dnyu shaxmat
Segodnya v Tashkente na ploshadke Shaxmatnogo kluba City Chess sostoyalsya Perviy otkritiy Molodejniy shaxmatniy turnir na kubok predstavitelstva Rossotrudnichestva v Uzbekistane, priurochenniy k Mejdunarodnomu dnyu shaxmat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2022
Obuna bo‘lish
2023 yildan boshlab har yili MDH, ShHT va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar shaxmatchilari o‘rtasida an’anaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri o‘tkaziladi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi. Bu haqida prezident tomonidan 5-avgust kuni imzolangan qarorda nazarda tutilgan.
Maktabda shaxmat olimpiadasi va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqa musobaqalarda O‘zbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi shaxmatchilar tayyorlanadi.
2022/2023 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, professional va OTM hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida shaxmat to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini o‘z ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etiladi.
2023 yildan boshlab har yili tizimli ravishda o‘tkaziladi:
Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida barcha hududlarda “Rokirovka” turniri;
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda keksa avlod vakillari o‘rtasida “Nuroniylar” kubogi uchun;
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida “Cheksiz imkon” turniri;
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan 50 000 dollar miqdorida mukofot fondiga ega “Women’s Chess Championship” xalqaro turniri;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda MDH, ShHT va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar shaxmatchilari o‘rtasida an’anaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri.
Hujjatga ko‘ra, har yili o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichi 2023-yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0