https://oz.sputniknews.uz/20220806/baliq-yogi-qanday-kasalliklardan-himoya-qiladi-21668514.html
Baliq yog‘i qanday kasalliklardan himoya qiladi
Baliq yog‘i qanday kasalliklardan himoya qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Baliq yog‘i qondagi yog‘ miqdorini kamaytiradi, qon bosimi va yurak tezligini kam miqdorda pasaytiradi, qon ivishini yaxshilaydi. Baliq yog‘i tarkibidagi Omega-3 to‘yinmagan yog‘li kislotalar esa yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
2022-08-06T21:35+0500
2022-08-06T21:35+0500
2022-08-06T21:35+0500
shifokorlar tavsiyasi
baliq yog‘i
bu qiziq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1d/15893441_0:54:1920:1134_1920x0_80_0_0_2ab0ec40de6486368aefdde6d988c99d.jpg
Baliq yog‘i qondagi yog‘ miqdorini kamaytiradi, qon bosimi va yurak tezligini kam miqdorda pasaytiradi, qon ivishini yaxshilaydi. Baliq yog‘i tarkibidagi Omega-3 to‘yinmagan yog‘li kislotalar esa yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shu sabab, baliq yog‘i revmatoid artritdan aziyat chekayotgan odamlarga tavsiya etiladi.Biroq, vrach-terapevt Georgiy Sapegoning Sputnik radiosiga bergan intervyusida ta’kidlashicha, baliq yog‘i immunitetni ko‘taradigan kuchli vosita emas. Ammo, ushbu mahsulotning yallig‘lanishga qarshi ta’siri infeksion kasalliklarni yengishda yordam beradi.“Men baliq yog‘ining infeksiyalarga chidamlilikni sezilarli darajada oshiradi deb o‘ylamayman, ammo u o‘pkada yallig‘lanish kelib chiqishini kamaytiradi"- dedi Sapego.Biz hozirgi kunlarda iste’mol qilayotgan ushbu mahsulot harorati sovuq dengiz baliqlarining go‘shtlaridan olinadi, maxsus tarzda qayta ishlanadi va olingan yog‘ izolyatsiya qilinadi. Avvallari bolalarga qoshiqda berilgan baliq yog‘i esa semiz baliqlarning jigaridan olingan.Omega – 3 ko‘p to‘yingan yog‘li kislotalar nafaqat baliq yog‘ida, balki ismaloq, yong‘oq, loviya, zig‘ir va xantal yog‘i kabi mahsulotlarda ham bor.Inson organizmi uchun foydali bu moddaning yana bir tarkibi- biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari. Biroq, ularni suiste’mol qilmaslik lozim.“Muammo shundaki, yog‘ tarkibidagi qo‘shimchalar tarkibini oldindan aytib bo‘lmaydi. Oziq-ovqat qo‘shimchalaridagi toksinlarni nazorat qilib bo‘lmaydi. Bir kunda to‘rt grammdan ko‘p bo‘lmagan Omega 3 ko‘p to‘yingan kislotalarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Shunda zararli toksinlardan zaharlanish ehtimoli pasayadi” - deydi mutaxassis
https://oz.sputniknews.uz/20211201/qanday-choy-zararli---mutaxassis-izohi-21601056.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1d/15893441_213:0:1920:1280_1920x0_80_0_0_f1e3eb8ed664764904d1067e7db8ca5d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
baliq yog‘i foydasi baliq yog‘i haqida baliq yog‘i nimalardan himoya qiladi
baliq yog‘i foydasi baliq yog‘i haqida baliq yog‘i nimalardan himoya qiladi
Baliq yog‘i qanday kasalliklardan himoya qiladi
Omega – 3 ko‘p to‘yingan yog‘li kislotalari nafaqat baliq yog‘ida, balki ismaloq, yong‘oq, loviya, zig‘ir va xantal yog‘i kabi mahsulotlarda ham bor.
Baliq yog‘i qondagi yog‘ miqdorini kamaytiradi, qon bosimi va yurak tezligini kam miqdorda pasaytiradi, qon ivishini yaxshilaydi. Baliq yog‘i tarkibidagi Omega-3 to‘yinmagan yog‘li kislotalar esa yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shu sabab, baliq yog‘i revmatoid artritdan aziyat chekayotgan odamlarga tavsiya etiladi.
Biroq, vrach-terapevt Georgiy Sapegoning
Sputnik radiosiga bergan intervyusida ta’kidlashicha, baliq yog‘i immunitetni ko‘taradigan kuchli vosita emas. Ammo, ushbu mahsulotning yallig‘lanishga qarshi ta’siri infeksion kasalliklarni yengishda yordam beradi.
“Men baliq yog‘ining infeksiyalarga chidamlilikni sezilarli darajada oshiradi deb o‘ylamayman, ammo u o‘pkada yallig‘lanish kelib chiqishini kamaytiradi"- dedi Sapego.
Biz hozirgi kunlarda iste’mol qilayotgan ushbu mahsulot harorati sovuq dengiz baliqlarining go‘shtlaridan olinadi, maxsus tarzda qayta ishlanadi va olingan yog‘ izolyatsiya qilinadi. Avvallari bolalarga qoshiqda berilgan baliq yog‘i esa semiz baliqlarning jigaridan olingan.
Omega – 3 ko‘p to‘yingan yog‘li kislotalar nafaqat baliq yog‘ida, balki ismaloq, yong‘oq, loviya, zig‘ir va xantal yog‘i kabi mahsulotlarda ham bor.
Inson organizmi uchun foydali bu moddaning yana bir tarkibi- biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari. Biroq, ularni suiste’mol qilmaslik lozim.
“Muammo shundaki, yog‘ tarkibidagi qo‘shimchalar tarkibini oldindan aytib bo‘lmaydi. Oziq-ovqat qo‘shimchalaridagi toksinlarni nazorat qilib bo‘lmaydi. Bir kunda to‘rt grammdan ko‘p bo‘lmagan Omega 3 ko‘p to‘yingan kislotalarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Shunda zararli toksinlardan zaharlanish ehtimoli pasayadi” - deydi mutaxassis