https://oz.sputniknews.uz/20220805/ural-mebelchilari-ozbekiston-bozoriga-chiqmoqchi--26842721.html
Ural mebelchilari O‘zbekiston bozoriga chiqmoqchi
Ural mebelchilari O‘zbekiston bozoriga chiqmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Sverdlovsklik tadbirkorlar IKEA uslubida ishlab chiiarilgan mebel va qurilish materiallarini O‘zbekiston bozoriga ham olib kirmoqchi. 05.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-05T10:29+0500
2022-08-05T10:29+0500
2023-04-05T18:38+0500
iqtisod
o‘zbekiston
eksport
import
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/90/26/902676_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9b7413e57be3f48b68b9ab30a83f072e.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiyaning Sverdlovsk viloyati tadbirkorlari mebel va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “IKEA” kompaniyasining Ural analogini O‘zbekistonga eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda viloyat televideniyasi xabar berdi.Qayd etilishicha, sverdlovsklik tadbirkorlar viloyatdan mebel va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi shved kompaniyasi — “IKEA”ni siqib chiqarishga tayyor. Bundan tashqari, kompaniyaning Ural analogi nafaqat Rossiya, balki Armaniston va Turkmanistonda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.Ular o‘z mahsulotini O‘zbekistonga ham olib kirishni rejalashtirgan.Umuman olganda, uy uchun zamonaviy jihozlar “IKEA”ning Ural analogidan joy olgan. Ishbilarmonlar o‘zlarining ishlanmalari bilan Rossiyani tark etgan shved kompaniyasining o‘rnini egallamoqchi.Korxona tovar aylanmasining 15% i eksportga to‘g‘ri keladi. Yil boshidan beri ishlab chiqaruvchilar Armaniston va Turkmaniston bozoriga kirgan. Endi esa o‘zbekistonlik tadbirkorlar navbatdagi hamkor bo‘lishni rejalashtirmoqda.Oddiy va mustahkam dizaynli shved mebellari ishlab chiqaruvchi “IKEA” kompaniyasi Rossiya aholisi orasida juda ommaviy edi. Lekin Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng xorijiy kompaniya Rossiya bozorini tark etishini e’lon qildi. Rossiyalik mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa bo‘shagan bozor segmentlarini to‘ldirishga harakat qilishmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/90/26/902676_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_149218023f55043823bce07ca693aed8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, eksport, import, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, eksport, import, rossiya
Ural mebelchilari O‘zbekiston bozoriga chiqmoqchi
10:29 05.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Sverdlovsklik tadbirkorlar IKEA uslubida ishlab chiiarilgan mebel va qurilish materiallarini O‘zbekiston bozoriga ham olib kirmoqchi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiyaning Sverdlovsk viloyati tadbirkorlari mebel va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “IKEA” kompaniyasining Ural analogini O‘zbekistonga eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda viloyat televideniyasi
xabar berdi. Qayd etilishicha, sverdlovsklik tadbirkorlar viloyatdan mebel va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi shved kompaniyasi — “IKEA”ni siqib chiqarishga tayyor. Bundan tashqari, kompaniyaning Ural analogi nafaqat Rossiya, balki Armaniston va Turkmanistonda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ular o‘z mahsulotini O‘zbekistonga ham olib kirishni rejalashtirgan.
Umuman olganda, uy uchun zamonaviy jihozlar “IKEA”ning Ural analogidan joy olgan. Ishbilarmonlar o‘zlarining ishlanmalari bilan Rossiyani tark etgan shved kompaniyasining o‘rnini egallamoqchi.
“Biz assortimentimizdan yasashimiz mumkin bo‘lgan turli javonlar, poyabzal qo‘yadigan jihozlar, suratlar uchun romlar kabi materiallarni ishlab chiqarishga harakat qilamiz. Biz bularni allqachon o‘z uskunalarimiz yordamida yasay olamiz”, - deydi kompaniya tijorat direktori Vacheslav Zabotin.
Korxona tovar aylanmasining 15% i eksportga to‘g‘ri keladi. Yil boshidan beri ishlab chiqaruvchilar Armaniston va Turkmaniston bozoriga kirgan. Endi esa o‘zbekistonlik tadbirkorlar navbatdagi hamkor bo‘lishni rejalashtirmoqda.
“Agar kelishuvga erishsak, juda yaxshi bo‘lardi. Bu mahsulotga mamlakatimizda talab katta, chunki so‘nggi uch yilda davlatimiz yanada rivojlandi”, deydi o‘zbekistonlik tadbirkor O‘tkir Bahodirov.
Oddiy va mustahkam dizaynli shved mebellari ishlab chiqaruvchi “IKEA” kompaniyasi Rossiya aholisi orasida juda ommaviy edi. Lekin Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng xorijiy kompaniya Rossiya bozorini tark etishini e’lon qildi. Rossiyalik mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa bo‘shagan bozor segmentlarini to‘ldirishga harakat qilishmoqda.