https://oz.sputniknews.uz/20220805/ozbekiston-tovar-xom-ashyo-birjasi-rossiyada-savdo-maydonchalarini-ochdi-26863972.html
O‘zbekiston Tovar-xom ashyo birjasi Rossiyada savdo maydonchalarini ochdi
O‘zbekiston Tovar-xom ashyo birjasi Rossiyada savdo maydonchalarini ochdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi savdo markazlari Chelyabinsk, Vladimir, Perm shaharlari hamda Moskva va Smolensk viloyatlarida tashkil etilgan. 05.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-05T15:55+0500
2022-08-05T15:55+0500
2023-04-05T18:38+0500
iqtisod
birja
o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24630624_0:2:1025:578_1920x0_80_0_0_819a0f4649ed97e7ef6f44e078005a9a.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Tovar-xom ashyo birjasi O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari bilan birgalikda 5 ta yangi xorijiy savdo maydonchalarini ochdi. Bu haqida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Matbuot xizmati boshlig‘i Xikmatullo Tillaboyev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Birjaning xorijdagi yangi tayanch ofislari Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon va Tojikiston kabi mamlakatlarda o‘z faoliyatini boshladi.Aytilishicha, xorijiy savdo maydonchalari tarmog‘ining kengayishi nafaqat mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarga olib chiqishga, balki talab yuqori bo‘lgan tovarlarni olib kirish orqali ichki narxlarning barqarorlashishiga ham ko‘mak beradi.Xorijiy savdo maydonchalarning faollashuvi natijasida shu yil yanvar-iyul oylarida birjada 120 dan ziyod yangi norezident mijozlar akkreditatsiyadan o‘tkazildi hamda 257,0 mln AQSh dollarlik tashqi savdo bitimlari tuzildi.Tovar-xom ashyo birjasi tomonidan shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari ko‘makligida Xitoy, Pokiston, Fransiya, Madrid, Indoneziya, Tel-Aviv, Dubay va Ictanbul kabi mamlakatlarning birjalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.Ma’lumot uchun, yangi xorijiy savdo maydonchalarini ochishdan ko‘zlangan asosiy maqsad birja savdolarining bozor mexanizmlaridan foydalangan holda tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilarning O‘zbekiston va boshqa davlatlarning tovar bozorlariga erkin kirishini ta’minlashdan iborat.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24630624_126:0:897:578_1920x0_80_0_0_be3bb874255323d0c47d69a3833a7b7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, birja, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi, rossiya
iqtisod, birja, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi, rossiya
O‘zbekiston Tovar-xom ashyo birjasi Rossiyada savdo maydonchalarini ochdi
15:55 05.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Rossiyadagi savdo markazlari Chelyabinsk, Vladimir, Perm shaharlari hamda Moskva va Smolensk viloyatlarida tashkil etilgan.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Tovar-xom ashyo birjasi O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari bilan birgalikda 5 ta yangi xorijiy savdo maydonchalarini ochdi. Bu haqida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Matbuot xizmati boshlig‘i Xikmatullo Tillaboyev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Birjaning xorijdagi yangi tayanch ofislari Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon va Tojikiston kabi mamlakatlarda o‘z faoliyatini boshladi.
Rossiyadagi savdo markazlari 6 ta hududda jumladan, Chelyabinsk, Vladimir, Perm shaharlari hamda Moskva va Smolensk viloyatlarida tashkil etilgan.
Aytilishicha, xorijiy savdo maydonchalari tarmog‘ining kengayishi nafaqat mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarga olib chiqishga, balki talab yuqori bo‘lgan tovarlarni olib kirish orqali ichki narxlarning barqarorlashishiga ham ko‘mak beradi.
Xorijiy savdo maydonchalarning faollashuvi natijasida shu yil yanvar-iyul oylarida birjada 120 dan ziyod yangi norezident mijozlar akkreditatsiyadan o‘tkazildi hamda 257,0 mln AQSh dollarlik tashqi savdo bitimlari tuzildi.
Hozirda rossiyalik norezedent mijozlar soni 318 taga teng.
Tovar-xom ashyo birjasi tomonidan shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari ko‘makligida Xitoy, Pokiston, Fransiya, Madrid, Indoneziya, Tel-Aviv, Dubay va Ictanbul kabi mamlakatlarning birjalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ma’lumot uchun, yangi xorijiy savdo maydonchalarini ochishdan ko‘zlangan asosiy maqsad birja savdolarining bozor mexanizmlaridan foydalangan holda tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilarning O‘zbekiston va boshqa davlatlarning tovar bozorlariga erkin kirishini ta’minlashdan iborat.