https://oz.sputniknews.uz/20220805/odessa-portidan-makkajoxori-ortilgan-3ta-kema-safarga-chiqdi--26852465.html
Odessa portidan makkajo‘xori ortilgan 3ta kema safarga chiqdi
Odessa portidan makkajo‘xori ortilgan 3ta kema safarga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Jo‘xori ortilgan 3 ta yuk tashuvchi kema Turkiya, Britaniya va Irlandiyaga boradi. 05.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-05T13:48+0500
2022-08-05T13:48+0500
2023-04-05T18:38+0500
dunyoda
odessa
ukraina
bmt
buyuk britaniya
turkiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/01/26708972_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_64d070655533fed8248a5f877cf132a4.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Jo‘xori ortilgan Polarnet, Rojen va Navistar yuk tashuvchi kemalari Odessa viloyatidagi portlarni tark etib, Istanbulga yo‘l oldi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi va TRT Haber telekanali xabar bergan.BMTda qayd etilganidek, Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi ushbu kemalarga bugun, 5-avgust kuni dengizga chiqishga ruxsat bergan.Shunday qilib, Polarnet Chernomorskdan Turkiyaning Karasu shahriga 12 ming tonna makkajo‘xori yetkazib beradi, Rojen (13 041 tonna makkajo‘xori) xuddi shu portdan Britaniyadagi Teesport ’ga boradi, Navistar Odessadan Ringaskiddiga (Irlandiya) 33 ming tonna makkajo‘xori olib boradi. Barcha kemalar dastlab Istanbuldagi Muvofiqlashtirish markazi delegatsiyalari tomonidan tekshiriladi.Ukraina donini dengiz orqali eksport qilish 22-iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzolaganidan so‘ng mumkin bo‘ldi. Birinchisi, Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini jahon bozorlariga eksport qilish bo‘yicha turli cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha BMT majburiyatlarini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini insonparvarlik koridori bo‘ylab Qora dengizdagi uchta portdan xavfsiz eksport qilish uchun Rossiya tomonidan taklif qilingan algoritmni o‘rnatadi.BMT bosh kotibi o‘rinbosari, Afrika Iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Vera Songvening so‘zlariga ko‘ra, “mahsulot kelishuvi”ning amalga oshirilishi 23 million tonna Ukraina g‘allasini jahon bozorlariga yetkazib berish imkonini beradi. Dushanba kuni ertalab jo‘xori ortilgan birinchi yuk kemasi Odessa portidan jo‘nab ketdi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti g‘alla taqchilligi tufayli oziq-ovqat inqirozi xavfini bir necha bor ta’kidlagan. G‘arb, o‘z navbatida, Rossiyani Ukrainadan kelayotgan don mahsulotlari jahon bozorlariga chiqmayotganlikda aybladi. Moskva bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ukrainalik harbiylar Mariupol portidagi donni yoqib yuborgan, shuningdek, Qora dengizning bir qismini minalagan.
ukraina
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/01/26708972_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_22eaa927c1ea8baedc4f007cbda843f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, odessa, ukraina, bmt, buyuk britaniya, turkiya, rossiya
dunyoda, odessa, ukraina, bmt, buyuk britaniya, turkiya, rossiya
Odessa portidan makkajo‘xori ortilgan 3ta kema safarga chiqdi
13:48 05.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Jo‘xori ortilgan 3 ta yuk tashuvchi kema Turkiya, Britaniya va Irlandiyaga boradi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Jo‘xori ortilgan Polarnet, Rojen va Navistar yuk tashuvchi kemalari Odessa viloyatidagi portlarni tark etib, Istanbulga yo‘l oldi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi va TRT Haber telekanali
xabar bergan. BMTda qayd etilganidek, Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi ushbu kemalarga bugun, 5-avgust kuni dengizga chiqishga ruxsat bergan.
Shunday qilib, Polarnet Chernomorskdan Turkiyaning Karasu shahriga 12 ming tonna makkajo‘xori yetkazib beradi, Rojen (13 041 tonna makkajo‘xori) xuddi shu portdan Britaniyadagi Teesport ’ga boradi, Navistar Odessadan Ringaskiddiga (Irlandiya) 33 ming tonna makkajo‘xori olib boradi. Barcha kemalar dastlab Istanbuldagi Muvofiqlashtirish markazi delegatsiyalari tomonidan tekshiriladi.
Ukraina donini dengiz orqali eksport qilish 22-iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzolaganidan so‘ng mumkin bo‘ldi. Birinchisi, Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini jahon bozorlariga eksport qilish bo‘yicha turli cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha BMT majburiyatlarini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini insonparvarlik koridori bo‘ylab Qora dengizdagi uchta portdan xavfsiz eksport qilish uchun Rossiya tomonidan taklif qilingan algoritmni o‘rnatadi.
BMT bosh kotibi o‘rinbosari, Afrika Iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Vera Songvening so‘zlariga ko‘ra, “mahsulot kelishuvi”ning amalga oshirilishi 23 million tonna Ukraina g‘allasini jahon bozorlariga yetkazib berish imkonini beradi. Dushanba kuni ertalab jo‘xori ortilgan birinchi yuk kemasi Odessa portidan jo‘nab ketdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti g‘alla taqchilligi tufayli oziq-ovqat inqirozi xavfini bir necha bor ta’kidlagan. G‘arb, o‘z navbatida, Rossiyani Ukrainadan kelayotgan don mahsulotlari jahon bozorlariga chiqmayotganlikda aybladi. Moskva bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ukrainalik harbiylar Mariupol portidagi donni yoqib yuborgan, shuningdek, Qora dengizning bir qismini minalagan.