Koronavirus paydo bo‘lishida AQSh ishtirok etgan bo‘lishi mumkin - Rossiya Mudofaa vazirligi
Obuna bo‘lish
AQSh o‘zining biotexnologiyalar sohasida erishgan yutuqlaridan noqonuniy va g‘ayriinsoniy maqsadlarda foydalanmoqda.
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) koronavirusning paydo bo‘lishida ishtirok etishi ehtimolini ko‘rib chiqmoqdamiz, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan.
USAID 2009-yildan boshlab yangi koronaviruslarni o‘rganish bo‘yicha "Predict" dasturini moliyalashtirib kelgan. Ushbu maqsadda ular virus tashuvchi ko‘rshapalaklarni o‘rganishgan. USAID pudratchilaridan biri - Ukrainadagi harbiy biologik faoliyati bilan tanilgan Metabiota kompaniyasi edi, deyiladi vazirlik xabarida.
Mudofaa vazirligi ta’kidlashiga ko‘ra, 2019-yilda, COVID-19ning dastlabki holatlari aniqlanguniga qadar, Amerikaning Xopkins institutida "Ivent-201" nomli o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan. Uning maqsadi - avval noma’lum bo‘lgan koronavirus epidemiyasi vaqtida harakatlarni mashq qilish bo‘lgan.
© Minoboroni RFProisxojdenie koronavirusnoy infeksii
Proisxojdenie koronavirusnoy infeksii
COVID-19 rivojlanish stsenariysining amalga oshirilishi va USAID tomonidan "Predict" dasturining favqulodda to‘xtatilishi pandemiyaning qasddan sodir bo‘lganligi va uning boshlanishiga Qo‘shma Shtatlarning aralashuvidan dalolat beradi, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi.
2022 yilning may oyida nufuzli Lancet tibbiy jurnalining yetakchi eksperti professor Jeffri Saks “koronavirus sun’iy yo‘l bilan va katta ehtimol bilan Amerikaning biotexnologiya sohasidagi yutuqlari yordamida yaratilgan”, deb xulosa qilgan edi.
O‘z fikrining tasdig‘i sifatida mutaxassis quyidagi omillarni sanab o‘tgan edi:
kasallikni og‘irlashtiruvchi koronaviruslarga xos bo‘lmagan o‘zgaruvchan genovariantlarning ko‘pligi;
o‘lim va yuqumlilik darajasidagi sezilarli farqlar;
notekis geografik taqsimlanish;
epidemiya jarayonining oldindan aytib bo‘lmaydigan tabiati.
"Bemorlarni mahalliylashtirish va izolyatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarga qaramay, pandemiya ma’lum bir mintaqada virusning yangi "tashlanishi" tufayli sun’iy ravishda qo‘zg‘atilganga o‘xshaydi", - deyiladi xabarda.
Aytish joizki Amerkia Qo‘shma shtatlari so‘nggi vaqtlarda o‘zlarining biotexnologiyalar sohasida yetishgan yutuqlaridan AQShga xayrixoh bo‘lmagan davlatlar rahbarlarini yo‘q qilish maqsadida ham foydalangani aniqlanmoqda.
© Minoboroni RFProisxojdenie koronavirusnoy infeksii
Proisxojdenie koronavirusnoy infeksii
Xususan, Venesuelaning avvalgi prezidenti Chaves qisqa muddat davomida qo‘llanganda surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradigan yoki saraton rivojlanishini qo‘zg‘atuvchi dori yordamida zaharlanganini ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi Venesuela rasmiylari ma’lumotlariga tayanib xabar qilmoqda.
Bunday dori-darmonlarni ishlab chiqish, xalqaro huquq talablarini buzgan holda, Qo‘shma Shtatlar tomonidan amalga oshirildi va prezident Ugo Chavesni zaharlash uchun Klaudiya Diaz ismli shaxs tomonidan qo‘llanilgan. Keyin Diazni Amerika maxsus xizmatlari Venesueladan olib chiqib ketishgan.
“Venesuela rahbarining o‘limi va biologik qurol sohasidagi o‘zgarishlar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligi sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotlari va Chavesni davolagan kubalik shifokorlarning kasallikning noodatiy kechishi va undan foydalanishga chidamliligi haqidagi ko‘rsatmalari bilan tasdiqlangan, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qurolli kuchlari, 25-fevralda maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng, Ukraina hududida AQSh turli fondlar va Pentagon tomonidan tashkil qilingan 30dan ortiq biologik laboratoriyalar mavjudligini aniqlagan edi. Ushbu laboratoriyalar vabo, kuydirgi va boshqa o‘ta xavfli patogenlarni o‘rganish bilan shug‘ullangan. Ular jumladan viruslarni Ukraina hududidan turib Rossiyaga tarqatish mexanizmlarini o‘rgangan. Jumladan Ukraina hududi orqali uchib o‘tuvchi mavsumiy qushlar yordamida ham.
Undan tashqari amerika laboratoriyalari ukrainlar va ruslarning DNK xususiyatlarini o‘rganish maqsadida biologik to‘qimalari, turli ma’lumotlarini yig‘ib Germaniya, AQSh va boshqa xorijiy davlatlarga olib chiqib ketgani ham aniqlangan.