https://oz.sputniknews.uz/20220805/aqshning-dunyoga-hukmron-bolishga-urinishi-befoyda--lavrov-26846982.html
AQShning dunyoga hukmron bo‘lishga urinishi befoyda – Lavrov
AQShning dunyoga hukmron bo‘lishga urinishi befoyda – Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Amerikaliklar har qanday mustaqillikni bostirish yo‘lidan bormoqda, - dedi Lavrov. 05.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-05T12:57+0500
2022-08-05T12:57+0500
2022-08-05T12:57+0500
rossiya
sergey lavrov
van i
xitoy
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/05/26845158_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_475290393b336667e6c13dd47e99d44a.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Sergey Lavrov Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘z hukmronligini dunyoning tobora ko‘proq nuqtalarida kengaytirishga urinishlarini behuda deb atadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri ASEAN TIV rahbarlari uchrashuvi doirasida Xitoy tashqi siyosati yetakchisi Van I bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.Vazirga ko‘ra, dunyoning barcha yangi va turli maydonlarida “amerikalik hamkasblar har safar o‘z hukmronligini ta’minlashga urinmoqda”.Lavrov AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi haqida fikr bildirib, Vashington o‘zi e’lon qilgan prinsiplarni buzayotganini ta’kidlagan.Misol tariqasida vazir Ukraina va Tayvan bilan bog‘liq vaziyatni keltirdi. “Ular Ukraina orqali Rossiya Federatsiyasiga tahdid qilishga qaror qildi va ko‘p yillar davomida Kiyev rejimining irqchilik siyosatiga e’tibor bermadi”.ASEAN (Association of South East Asian Nations) — Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi. Tashkilot asosan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. ASEAN 1967-yilda tashkil qilingan va bugungi kunda unga 10ta davlat a’zo bo‘lgan: Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin. 1996-yildan boshlab Rossiya - ASEAN o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilgan.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/05/26845158_102:0:2833:2048_1920x0_80_0_0_cd32d45fbfe48b4bb092deca2721ec85.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, sergey lavrov, van i, xitoy, aqsh
rossiya, sergey lavrov, van i, xitoy, aqsh
AQShning dunyoga hukmron bo‘lishga urinishi befoyda – Lavrov
Amerikaliklar har qanday mustaqillikni bostirish yo‘lidan bormoqda, - dedi Lavrov.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Sergey Lavrov Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘z hukmronligini dunyoning tobora ko‘proq nuqtalarida kengaytirishga urinishlarini behuda deb atadi.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri ASEAN TIV rahbarlari uchrashuvi doirasida Xitoy tashqi siyosati yetakchisi Van I bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Vazirga ko‘ra, dunyoning barcha yangi va turli maydonlarida “amerikalik hamkasblar har safar o‘z hukmronligini ta’minlashga urinmoqda”.
“Va har safar unga ergashganlar AQSh tomonidan yaratilgan bitta vaziyatga, bitta inqirozga ko‘zingizni yumib, hamma narsa ozmi-ko‘pmi yaxshi bo‘lishini kutishingiz mumkin bo‘lgan siyosatning befoydaligini tushunishadi. Yo‘q, amerikaliklar har qanday mustaqillikni bostirish yo‘lidan bormoqda”, - deya Lavrovning so‘zlarini keltirdi RIA Novosti.
Lavrov AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi haqida fikr bildirib, Vashington o‘zi e’lon qilgan prinsiplarni buzayotganini ta’kidlagan.
Misol tariqasida vazir Ukraina va Tayvan bilan bog‘liq vaziyatni keltirdi. “Ular Ukraina orqali Rossiya Federatsiyasiga tahdid qilishga qaror qildi va ko‘p yillar davomida Kiyev rejimining irqchilik siyosatiga e’tibor bermadi”.
“Xuddi shunday, Nensi Pelosi xonimning Tayvanga tashrifida ham ular omma oldida e’lon qilgan va sodiq ekanligiga ishontirgan barcha tamoyillarini inkor qilib, o‘zlarini aldashgan. Ukraina misolida ham xuddi shunday: ular eng yuqori darajada imzolashgan va shunchaki oyoq osti qilib bo‘lmaydigan xavfsizlik tamoyillarini buzishdi”, - deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV rahbari.
ASEAN (Association of South East Asian Nations) — Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi. Tashkilot asosan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. ASEAN 1967-yilda tashkil qilingan va bugungi kunda unga 10ta davlat a’zo bo‘lgan: Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin. 1996-yildan boshlab Rossiya - ASEAN o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilgan.