Aliment to‘lovlari jamg‘armasi tashkil etildi

© Depositphotos / tuthelensDevushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna bo‘lish
Jamg‘arma hisobidan to‘lovlar voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdorga nisbatan tadbiq etiladi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etildi. Bu bo‘yicha Hukumatning 427- sonli qarori qabul qilindi.
Jamg‘armaga Majburiy ijro burosini rivojlantirish jamg‘armasidan 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Jamg‘arma hisobidan to‘lovlar voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdorga nisbatan tadbiq etiladi.
Pul mablag‘lari Buroning yagona axborot tizimi orqali aliment oluvchining bank kartasiga o‘tkaziladi.
Davlat ijrochisi jamg‘armadan qoplangan aliment to‘lovlarini yana jamg‘armaga qaytarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ijro harakatlarini amalga oshiradi.
Bunda ikki oy davomida qarzdorning mulkiy ahvoli o‘rganib boriladi. Agar uning mulkiy ahvoli o‘zgarmasa, u holda qarzdorlik Jamg‘arma tomonidan hisobdan chiqariladi.
Jamg‘arma quyidagi huquqlarga ega:
mablag‘lar ajratishga kelib tushgan qarorlar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
undirilgan va Jamg‘armaga o‘tkaziladigan pul mablag‘larining amalda kelib tushgan summasi bo‘yicha tijorat banklari va tegishli tashkilotlardan axborotlar va statistika ma’lumotlarini so‘rab olish;
xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish;
bo‘sh mablag‘larini milliy valyuta va chet el valyutasida tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, shuningdek, chet el valbtasidagi pul mablag‘lari bo‘yicha ayirboshlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Majburiy ijro burosining faoliyatini tanqid qilib, aliment to‘lovlarini kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi haqida ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0