https://oz.sputniknews.uz/20220804/pekin-az-zavohiriyning-yoq-qilish-uslubini-qoraladi-26829232.html
Pekin az-Zavohiriyning yo‘q qilish uslubini qoraladi
Pekin az-Zavohiriyning yo‘q qilish uslubini qoraladi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy har doim terrorchilikka qarshi bo‘lgan bo‘lsa-da, AQSh tomonidan Kobulda az-Zavohiriyning yo‘q qilish uslubini qoraladi. 04.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-04T16:17+0500
2022-08-04T16:17+0500
2022-08-04T16:17+0500
dunyoda
xitoy
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23536133_0:166:3055:1884_1920x0_80_0_0_b5316663cbe22dc4193a891be4121689.jpg
TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Pekin Kobulda "Al-Qoida"* yetakchisi az-Zavohiriyning yo‘q qilish uslubini qoraladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunyin aytishiga ko‘ra, terrorizmga qarshi kurash o‘zga davlatlar suverenitetini poymol qilmasligi kerak. "Biz bu boradagi hisobotlarni o‘qib chiqdik. Xitoy har doim terrorizmga keskin qarshi bo‘lib kelgan va biz unga qarshi xalqaro kurashda faol ishtirok etamiz. Eslatib o‘tamiz, "Al-Qoida"* yetakchisi az-Zavohiri Kobulda bir necha kun oldin AQSh uchuvchisiz apparatidan berilgan zarba oqibatida yo‘q qilingan edi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, az-Zavohiri bo‘lgan uyga zarba ikkita R9X Hellfire raketalari yordamida berilgan. Ushbu raketalarda portlovchi modda bo‘lmaydi, raketa faqat tig‘ yordamida zarar yetkazadi. Lekin afg‘onistonlik jurnalist Bilal Sarvari aytishiga ko‘ra, az-Zavohiri bilan bir vaqtda, ushbu uyda bo‘lgan 12 kishi qurbon bo‘lan. Ular orasida xorijliklar ham bor. * Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23536133_323:0:3054:2048_1920x0_80_0_0_f2d6e9047830dc935bb75ba8180d6978.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, afg‘oniston
dunyoda, xitoy, afg‘oniston
Pekin az-Zavohiriyning yo‘q qilish uslubini qoraladi
Xitoy har doim terrorchilikka qarshi bo‘lgan bo‘lsa-da, AQSh tomonidan Kobulda az-Zavohiriyning yo‘q qilish uslubini qoraladi.
TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Pekin Kobulda "Al-Qoida"* yetakchisi az-Zavohiriyning yo‘q qilish uslubini qoraladi, deb
xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunyin aytishiga ko‘ra, terrorizmga qarshi kurash o‘zga davlatlar suverenitetini poymol qilmasligi kerak.
"Biz bu boradagi hisobotlarni o‘qib chiqdik. Xitoy har doim terrorizmga keskin qarshi bo‘lib kelgan va biz unga qarshi xalqaro kurashda faol ishtirok etamiz.
Shu bilan birga, biz terrorizmga qarshi kurashda ikki tomonlama standartlarga o‘rin yo‘q deb hisoblaymiz va bu terrorizmga qarshi har qanday ko‘rinishda kurashish kerak. Terrorchilkka qarshi kurashda hamkorlik uchinchi davlatlar suverenitetiga putr yetkazish hisobiga amalga oshirilmasligi kerak”, - dedi u brifingda.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Qoida"* yetakchisi az-Zavohiri Kobulda bir necha kun oldin AQSh uchuvchisiz apparatidan berilgan zarba oqibatida yo‘q qilingan edi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, az-Zavohiri bo‘lgan uyga zarba ikkita R9X Hellfire raketalari yordamida berilgan. Ushbu raketalarda portlovchi modda bo‘lmaydi, raketa faqat tig‘ yordamida zarar yetkazadi. Lekin afg‘onistonlik jurnalist Bilal Sarvari aytishiga ko‘ra, az-Zavohiri bilan bir vaqtda, ushbu uyda bo‘lgan 12 kishi qurbon bo‘lan. Ular orasida xorijliklar ham bor.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.